Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA VA FARG’ONADA TURKIYANING ESER HOTELS BRENDI OSTIDA BESH YULDUZLI MEHMONXONALAR OCHILISHI REJALASHTIRILMOQDA

×

 2024-07-04 21:40:32    1548

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning Eser Hotels premium mehmonxonalar tarmog’i rahbari Ertan Xaldun boshchiligidagi turk ishbilarmonlarini qabul qildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil iyun oyining boshida Turkiyaga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning davomi bo’lgan bugungi uchrashuvda dastlab Qo’qon shahrida, so’ngra Farg’onada Eser Hotels brendi ostida besh yulduzli mehmonxonalar ochish loyihasi muhokama qilindi.

Ikki kunlik o’rganishlaridan kelib chiqqan holda Farg’ona viloyatining iqtisodiy va turistik salohiyatini yuqori baholagan Ertan Xaldun, Qo’qon shahrida rejalashtirilayotgan mehmonxonaning loyiha kontseptsiyasini bir necha kun ichida ishlab chiqishlarini bildirib, loyihani tez muddatda amalga oshirish uchun investitsiyalar yo’naltirishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.

Viloyatimizga turistlar, shu jumladan, xorijlik sayyohlar oqimi tobora ko’payib borayotganini, bu esa o’z navbatida brend mehmonxonalarga bo’lgan ehtiyojni shakllantirayotganini qayd etgan viloyat hokimi, Eser Hotels brendining Farg’onaga kirib kelishi ortidan boshqa xalqaro brendlar ham viloyatimizga e'tibor qaratishiga ishonch bildirdi.

Viloyat rahbari loyihani tez va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram