Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI GAZ TA'MINOTI TIZIMIDA 2024 YILNING YANVAR-IYUN OYLARI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

×

 2024-07-05 17:51:29    3752

PDF yuklash
Chop etish


“Hududgaz Farg’ona” GTF tomonidan viloyatdagi jami 903 ming 622 ta iste'molchilar tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlab kelinmoqda. 

Jumladan, 390 003 ta xonadonlar (shundan, 120 422 ta ko’p qavatli uylardagi xonadonlar, 269 581 ta hovli uyli xonadonlar) va 5003 ta ulgurji iste'molchilarni tabiiy gaz bilan, 508 157 ta xonadonlarni va 459 ta ijtimoiy soha ob'ektlarini suyultirilgan gaz bilan ta'minlab kelinmoqda. Viloyat iste'molchilariga 7 706,5 km gaz tarmoqlari hamda 6 810 dona gaz taqsimlash qurilmalari orqali tabiiy gaz yetkazib beriladi.

2024 yil davomida 4,2 km gaz quvurlari mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kunda bu ishlar 100 foiz yakunlandi. Joriy yil davomida mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan 39 dona gaz taqsimlash qurilmalari (GTQ)dan 13 donasi mukammal ta'mirlandi. 4515 dona GTQ taftishdan o’tkazildi. 139,8 km uzunlikdagi gaz quvurlarini zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari olib borildi. 383 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi. 217,9 km gaz quvurlari joriy ta'mirlandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida hamda joriy yilning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish ishlari yakunida tabiiy gaz ta'minotida muammolar yuzaga kelgan 30 mingdan ortiq xonadonlarning gaz ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.

Iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonida yuzaga keladigan texnologik yo’qotishlarni kamaytirish maqsadida 2024 yil davomida 57 242 dona aholi xonadonlarining gaz ta'minotini 3-bosqichli tizimdan 2-bosqichli tizimga o’tkazish va 820 dona o’rta bosimli GTQlarni demontaj qilish ishlari rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kun holatiga 16 125 dona aholi xonadonlariga regulyatorlar o’rnatildi hamda 545 dona o’rta bosimli GTQlar demontaj qilindi.

Shuningdek, iste'molchilarga betalofat va xavfsiz gaz yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida tun-u kun xizmat ko’rsatuvchi 19 ta maxsus avariya tiklash guruhlari tashkil etilib, ular uchun 24 ta maxsus avtotransport vositalari, 13 ta maxsus yuk tashuvchi avtotransportlar ajratildi. 

Tadbir boshidan viloyatdagi aholi xonadonlariga 371 718 dona ASKUG tizimiga ega zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari o’rnatildi. Bundan tashqari, viloyatdagi maishiy gaz ballonga ehtiyoji mavjud 1 775 ta xonadonlar maishiy gaz ballonlar bilan ta'minlandi.

"Hududgaz Farg’ona" gaz ta'minoti filiali






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram