Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON AEROPORTIGA ILK BOR YIRIK HAVO KEMASI QO’NDI

×

 2024-07-11 13:01:20    1706

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida 11 iyul kuni Farg’ona viloyatiga keldi.

Mamlakatimizda transport infratuzilmasi sohasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Birgina havo yo’llari tarmog’ida Samarqand, Termiz, Mo’ynoq, Zomin aeroportlari yangilanib, ishga tushirildi. Toshkent va Urganch xalqaro havo portlari ta'mirlanmoqda, “Toshkent-Sharqiy” qayta qurilmoqda.

Joriy yil mart oyida Qo’qon aeroporti ham yangidan ochilgan edi. Bugun O’zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo’ndi.

Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan bo’lib, yaqin yo’nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yo’lga qo’yildi. 

Davlatimiz rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 

Aeroportda 100 nafar yo’lovchiga mo’ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo’nish yo’lagi qoplamasi ta'mirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari o’rnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Prezidentimiz endi bu aeroport xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini ta'kidladi. Buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara berishi, xalqaro reyslarni ham yo’lga qo’yish mumkinligi qayd etildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram