Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PREZIDENT QO’QONDAGI YIRIK KIMYO KORXONASIDA BO’LDI

×

 2024-07-11 14:04:36    1696

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda kimyo sanoati jadal rivojlanmoqda. So’nggi besh yilda bu sohada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobarga oshib, 45 trillion so’mga yetdi. Xususan, yangi quvvatlar hisobiga mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi 17 foizga ko’payib, yiliga 1,4 million tonnadan oshdi. Bunda samarali investitsiya loyihalari katta o’rin tutmoqda.

Sobiq Qo’qon superfosfat zavodi moliyaviy sog’lomlashtirish va diversifikatsiya qilish maqsadida 2019 yilda Singapurning “Indorama Holdings BV” kompaniyasiga investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan edi. Uning negizida “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasi tashkil etildi. 70 million dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, ishlab chiqarish texnologiyalari modernizatsiya qilindi. Ispaniya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Ispaniya va Rossiya davlatlarining yetakchi kompaniyalaridan zamonaviy uskunalar keltirib o’rnatildi. Qo’shimcha 150 ta ish o’rni yaratildi.

2021 yilda modernizatsiya ishlarining birinchi bosqichi doirasida ammoniylashgan superfosfat, suvda tez eruvchan kompleks mineral o’g’itlar, azot-fosfor-kaliyli (NPK) mineral o’g’itlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Zavod quvvati yiliga 75 ming tonnadan 450 ming tonnaga yetkazildi. 

Xomashyolar mahalliy korxonalardan olib kelinadi. Masalan, fosforit uni Qizilqumdan, sulfat kislotasi Olmaliqdan, ammoniy sulfat Chirchiqdan, ammiak "Farg’onaazot" va "Navoiyazot"dan keltiriladi. Bu mahsulot tannarxini barqaror saqlash imkonini berayotir.

Yana bir muhim tomoni, modernizatsiya natijasida ishlab chiqarishga sarflanadigan elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini 35-40 foizga qisqartirishga erishilgan. Bundan tashqari, atrof-muhitni ifloslantirmaslik uchun asosiy ishlab chiqarish tsexlariga to’rt bosqichli tozalash uskunalari o’rnatilgan. Ilgari bu faqat ikki bosqichli bo’lgan.

Korxona yiliga 30 million dollar mahsulotni eksport qilish quvvatiga ega. Bugungi kunda MDH, YEvropa, Afrika va Osiyoning 16 davlatiga mineral o’g’itlar eksport qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari zavod bo’ylab yurib, ishlab chiqarish jarayonini ko’zdan kechirdi. Korxona yirik kimyo klasteriga aylanib, nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy namuna bo’lishi kerakligi ta'kidlandi. Zavod xodimlari uchun zamonaviy uy-joylar qurish, kelajakda maktab va shifoxona loyihalarini ham nazarda tutish bo’yicha fikr almashildi.

Korxona izchil rivojlanmoqda va keyingi bosqichlar bo’yicha ham ish olib borilmoqda. Ikkinchi bosqich doirasida 50 million dollar investitsiya o’zlashtirildi. Shveytsariya, Germaniya, Hindiston, Xitoy va Italiyadan zamonaviy texnologik uskunalar keltirib o’rnatildi. Ushbu bosqichda yiliga 24 million dollarlik kaliy sulfat, sulfat kislotasi va ammoniy-xlorid o’g’itlari ishlab chiqariladi. 120 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Uchinchi bosqich ishlari 2025-2028 yillarda amalga oshiriladi. Unda mono va dikaltsiy fosfat, kaliy-nitrat, azot-fosfor-kaliyli kompleks mineral o’g’it, kaltsiy xlorid, mono ammoniy fosfat, mono kaliy fosfat ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Loyiha qiymati – 100 million dollar. 235 ta ish o’rni yaratiladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram