Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA 7 MILLIARD DOLLARLIK INVESTITSIYA LOYIHALARI REJALASHTIRILGAN

×

 2024-07-11 14:50:42    1686

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari Farg’ona viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Keyingi yetti yilda Farg’ona viloyatiga qariyb 77 trillion so’mlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta ish o’rni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.

Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

Endi Farg’ona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.

Loyihalarga Avstriya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular to’qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, qurilish materiallari, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Uchko’prik tumanida qiymati 50 million dollarga keramik plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida 500 nafar yangi ish o’rni yaratiladi. Quva tumanida Saudiya Arabistoni investorlari bilan birgalikda isitish va sovutish tizimlari ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Qiymati 50 million dollarlik ushbu loyiha yakunlangach, 350 kishining bandligi ta'minlanadi.

Mazkur 132 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 mingdan ortiq aholi ish bilan ta'minlanadi.

Prezidentimiz mutasaddilarga loyihalarning huquqiy-tashkiliy asoslarini tezlashtirish, investorlar uchun barcha sharotlarni ta'minlash bo’yicha qo’shimcha ko’rsatmalar berdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram