Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XITOY INVESTITSIYASI HISOBIGA QIRG’IZISTONDAN LENTALI KONVEYER TIZIMI ORQALI YILLIK 6 MLN. TONNA SIFATLI VA ARZON QIRG’IZ KO’MIRI YETKAZIB BERISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2024-07-15 16:46:30    474

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shanxi Coal Investment Group kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Quvasoy shahrida Xitoy investitsiyasi hisobiga Qirg’izistondan lentali konveyer tizimi orqali yillik 6 mln. tonna sifatli va arzon qirg’iz ko’miri yetkazib berish loyihasi muhokama qilindi.

Dastlabki qiymati 60 mln. dollardan ziyod bo’lishi kutilayotgan ushbu loyiha doirasida O’zbekiston va Qirg’iziston chegarasida har ikki tomonda ikkitadan yirik ko’mir saqlash ombori tashkil etish hamda ularni eni 1,4 metr, uzunligi 1,5 km. bo’lgan lentali konveyer tizimi bilan bog’lash reja qilingan. Ushbu usulda yillik 6 mln. tonna sifatli va arzon qirg’iz ko’mirini viloyatimizga yetkazib berish imkoni yaratiladi.

Shanxi Coal Investment Group kompaniyasi hamda “Kыrgыzkomur” davlat korxonasi o’rtasida o’tgan 2023 yilda Urumchida imzolangan ikki shartnomaga ko’ra, ushbu kompaniya Qirg’izistondagi Ak-Ulak va Besh-Burxan konlaridan ko’mir qazib olish huquqini qo’lga kiritgan.

Aholini va tadbirkorlik sub'ektlarini sifatli va arzon ko’mir bilan ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri ekanini qayd etgan viloyat hokimi, ushbu loyihani har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. O’tgan yilda viloyatimizga jami 1,1 mln. tonna ko’mir olib kelinganini ma'lum qilgan Xayrullo Bozorov, loyiha bo’yicha ko’zda tutilgan quvvat respublikamiz qolgan viloyatlari talabini ham qondirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Loyihani amalga oshirish bo’yicha texnik talablarni ishlab chiqishda chegara xizmati, bojxona va ekologiya tizimlari mutasaddilari bilan hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo’yicha yordamchisi Akmal Po’latov hamda viloyat hokimining Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ham ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram