Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSHLAR TA'LIM VA TARBIYASIGA BARCHA MAS'ULDIR: MARG’ILONDA TA'LIM SOHASI MUTASADDILARI UCHUN BESH KUNLIK O’QUV SEMINARI BOSHLANDI

×

 2024-07-29 16:35:36    2315

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon tajribasi sifatida tashkil etilgan professional ta'lim, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar masalalariga bag’ishlangan o’quv seminari Marg’ilon shahrida boshlandi.

Shahardagi 10-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tayotgan seminarda yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, ta'lim maskanlarida o’qitish sifati hamda samaradorlik masalasi muhokama etilmoqda. 

O’quv seminarning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o’rinbosari Farhod Boqiyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov mamlakatimizda ta'lim sohasidagi islohotlar haqida so’z yuritdilar. O’qituvchining jamiyatdagi nufuzi oshganligi, ta'lim-tarbiyaga barcha mas'ulligi, endilikda ta'lim sohasida tizimli ishlar yo’lga qo’yilishi alohida ta'kidlab o’tildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o’z so’zida Marg’ilon azaldan ma'rifat, madaniyat maskani, ilm markazi bo’lganligini qayd etib, bugungi kunda ta'lim sifatini yangi bosqichga chiqarish masalasiga to’xtaldi. Ta'limda ko’plab ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, afsuski, shaharda ta'lim sifati va samaradorligida natijadorlikka erishilmayotgani tanqidiy tahlil qilindi. Ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya uyg’unligiga, o’qituvchilarning kasbiy mahorati, o’z ustida izlanishiga e'tibor qaratish, yoshlarni kasb-hunar va tilga o’rgatish borasidagi vazifalarni ijrosini ta'minlash lozimligi ta'kidlandi. 

Davlatimiz rahbari Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida tarbiyasi og’ir yoshlarni to’g’ri yo’lga solish, adashgan, murakkab vaziyatga tushib qolgan yoshlarga o’z o’rinini topishida yordam berish, ularni ma'rifatga chorlash, ma'naviyatini yuksaltirish bo’yicha tajriba yaratish topshirig’ini bergan edi. Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida mazkur topshiriq ijrosi bo’yicha ishlar boshlab yuborildi. Albatta, bunda oliy va professional ta'lim, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklanmoqda. Mazkur seminardan ko’zlangan maqsad ta'lim muassasalarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlarning natijadorligiga erishish kabilardan iboratdir.

Besh kunlik seminar dasturidan professorlar, soha mutaxassislarining ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari, milliy g’oya va yangi ma'naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o’rni, kitobxonlik kabi mavzularidagi dolzarb ma'ruzalar o’rin olgan. Shuningdek, kasb-hunar xonalarini tashkillash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etiladi, maktab direktorlarining taqdimotlari o’tkaziladi. 

Mazkur seminar viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida o’tkazilmoqda.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram