Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTIDA ILMIY ISHLANMALAR NATIJALARINI ISHLAB CHIQARISHGA JORIY ETISH KO’RSATKICHI 92 FOIZGA YETDI

×

 2024-07-30 16:58:25    2298

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat IIB boshlig’i Azizbek Ikramov bilan birga Farg’ona politexnika institutida bo’lib, oliygohda ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, spin-off kompaniyalari tashkil etish, viloyatdagi sanoat korxonalari bilan hamkorlik ko’lamini kengaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, professor-o’qituvchilar bilan suhbatlashdi, talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Dastlab, viloyat hokimi ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida institut qoshida tashkil etilgan, qurilish va arxitektura sohasida xizmat ko’rsatuvchi FARPI HITECH ENGINEER unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 

“Bino va inshootlarni loyihalash”, “Qurilish sinov laboratoriya”, “Geolaboratoriya”, “Geo-topografik loyihalash” hamda “Bino va inshootlar konstruktsiyalarining zilzilabardoshligini baholash” kabi ilmiy tadqiqot markazlarini o’z ichiga olgan, institutning innovatsion jamg’armasi mablag’lari hisobidan tashkil etilgan ushbu korxona tomonidan 22 ta litsenziyalangan xizmat turlari ko’rsatilmoqda.

2023 yil davomida umumiy qiymati 1,7 mlrd. so’mlik, jumladan davlat grantlari asosida 600 mln. so’mlik 2 ta loyiha va hududiy korxonalar buyurtmasi asosida 65 ta xo’jalik shartnomalaridan 1,1 mlrd. so’mlik xizmatlar ko’rsatildi.

Shuningdek, viloyat rahbariga “Ijtimoiy soha obektlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda BIM texnologiyalarini joriy etish” “Mavjud soy va kanallar potentsialidan foydalanib, MikroGESlar o’rnatish samaradorligi”, “Sun'iy intellektdan foydalanib, energiya samaradorligini oshirish”, “Hududlarni toza suv bilan ta'minlash” kabi bir necha ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimot qilindi.

Viloyat hokimi, FarPI mutaxassislari tomonidan ilmiy asoslar bilan ishlab chiqilgan, viloyat bo’ylab 230 ta MikroGES o’rnatishni ko’zda tutgan loyihani amaliyotga tadbiq etish, har bir MikroGES bo’yicha aniq biznes reja ishlab chiqib, ularga investorlarni jalb qilish bo’yicha ish tashkil qilish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berdi. Institut rektori O’ktam Salomov, ushbu loyihalar investitsion jihatdan jozibador ekanini, ikki-uch yil ichidayoq yo’naltirilgan mablag’ni oqlashini qayd etdi.

Sun'iy intellektdan foydalanib, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyiha ham ijobiy baholandi, bugungi kun uchun o’ta dolzarb bo’lgan ushbu loyihani amaliyotga tadbiq etishni tashkillash bo’yicha ma'sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi ilmiy-tadqiqot, o’quv ishlab chiqarish kompleksi - Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi. majmuada Metallarga mexanik ishlov berish tsexi, Innovatsion quyish tsexi, Qolip va modellar yasash tsexi, Metrologiya va standartlashtirish markazi faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda ushbu markazda 40 dan ortiq doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, 20 dan ortiq magistrlar o’zlarining ilmiy izlanishlarini olib borib, bakalavriat ta'lim yo’nalishining 800 nafardan ziyod talabalari ishlab chiqarish hamda malakaviy amaliyotlarini o’tashmoqda. 

Farg’ona politexnika institutidagi spin-off korxonalari shu kunga qadar 21 mlrd. so’m daromad qilgan. Bu yil daromadni 40 mlrd. so’mga, kelasi yili – 100 mlrd. so’mga olib chiqish bo’yicha aniq hisob-kitoblar ishlab chiqilgan. Eng muhimi, ushbu korxonalar ishchilarining 90 foizi oliygoh o’qituvchilari va talabalari.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov institut professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion qurilmalarni ham ko’zdan kechirdi, ularni samaradorligini oshirish hamda iqtisodiyotga tadbiq etishni kengaytirish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi.

Institut talabalari bilan o’tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ochiq va samimiy muloqot tarzida o’tdi. Talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari viloyat hokimi tomonidan alohida e'tibor bilan qabul qilindi. Uchrashuv davomida viloyat hokimi talabalarga ilmga intilish, o’z ustida ishlash, milliy qadriyatlarni e'zozlash, salbiy xususiyatlardan saqlanish yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.

Farg’ona politexnika institutida oxirgi 3 yil davomida ilmiy ishlar, innovatsiyalar hamda tijoratlashtirish faoliyati orqali jalb etilgan mablag’lar umumiy miqdori 45 mlrd. so’mni tashkil etdi. Shuningdek, ta'lim xizmatlari eksportini amalga oshirish, xalqaro loyihalar va grantlar orqali qariyb 420 ming yevro hajmda xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Institutda ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish ko’rsatkichi esa 92 foizga yetdi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram