Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-31 21:11:27    1862

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yetmishinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibidan o’rin olgan Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashidagi deputatlik o’rinlari sonini belgilash to’g’risidagi dastlabki masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sherzod Karimovning axboroti tinglandi.

Joriy yilning 27 oktyabriga belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi yangi aralash tizim asosida o’tkazilishi belgilanganini qayd etgan Sherzod Karimov, mahalliy Kengashi deputatligi uchun saylovlar mojaritar tarzda o’tkazilishini ma'lum qildi.

Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi deputatligi o’rinlari aholi soni 4 mlndan ortiqligi sababli 60 ta etib belgilanishi rejalashtirilgani qayd etildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligi o’rinlari shahar, tumanlarining aholi sonidan kelib chiqib 480 ta etib belgilanishi reja qilib olingani, xususan, Farg’ona va Qo’qon shaharlarida 30 tadan, So’x tumanida 20 ta, qolgan 16 ta shahar, tumanlarda 25 tadan deputatlik o’rinlari belgilanishi rejalashtirilgani bildirildi.

Viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligi davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ko’riladigan chora-tadbirlar haqida viloyat IIB boshlig’ining o’rinbosari Farrux O’sarovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, joriy yilning o’tgan 6 oyida viloyatda umumiy jinoyatlar 16,2 foizga, oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlar 27 foizga, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar 37 foizga kamaygan, viloyatda “qizil” toifadagi mahallalar 66 foizga kamayishiga erishilgan.

Hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalari kirib kelishi bilan, jinoyat sodir etishning yangi uslublari kirib kelayotganiga ham hisobotda alohida to’xtalib o’tildi.

Viloyat hokimining qo’llab-quvvatlashi bilan 2024 yil boshidan buyon viloyatdagi barcha ob'ektlarni, shu jumladan barcha mahallalarning kirib-chiqish joylarini raqamlashtirishni boshlangani, bu jarayonda viloyatdagi 5 mingdan ortiq ko’chalarga 7 mingdan ortiq kameralar o’rnatilgani ma'lum qilindi.

Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari To’lqin Mamasidiqov viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil birinchi yarim yilligi davridagi ijrosi to’g’risida deputatlarga hisobot berdi.

Farg’ona viloyati mahalliy byudjeti daromadlari prognoz ko’rsatkichlari joriy yil 6 oyligi uchun 2 trln. 392,0 mlrd. so’m etib belgilangan bo’lib, amalda byudjetga 2 trln. 440,9 mlrd. so’m daromadlar tushirilib, belgilangan prognoz 102 foizga yoki 49,1 mlrd. so’mga ortig’i bilan bajarilgani ma'lum qilindi.

Mahalliy byudjet xarajatlarining 2024 yil birinchi 6 oyligi uchun aniqlangan rejasi 3 trln. 953,4 mlrd. so’mni tashkil etib, hisobot davrida 3 trln. 622,3 mlrd. so’mlik xarajatlar amalga oshirilgan.

Mahalliy byudjet xarajatlarini sohalar bo’yicha olganda eng ko’p mablag’ sog’liqni saqlash sohasiga – 1 trln. 548,4 mlrd. so’m hamda maktabgacha va maktab ta'limi sohasiga – 779,0 mlrd. so’m sarflanganini ko’rish mumkin.

Hisobot davrida respublika byudjetidan mahalliy byudjet xarajatlari va daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun tartibga soluvchi transfertlar o’tkazib berilgan.

Sessiyada boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi. Ko’rilgan barcha masalalar yuzasidan savol-javoblar o’tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram