Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-31 21:52:51    1949

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan jami 200 nafardan ziyod yoshlar – talabalar, sportchilar, yosh tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari hamda qator boshqa sohalardan yoshlar vakillari ishtirok etdilar. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e'tibor va g’amxo’rlik, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish mujassam ekanini qayd etib, bugun yoshlar kelajagi bilan bog’liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega bo’lib turganiga e'tibor qaratdi.

Viloyatimizda ham yoshlar bilan bog’liv masalalarga alohida e'tibor qaratilayotgani, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o’g’il-qizlarni har tomonlama yordam berish, ularni kasbga o’qitish, tadbirkorlikka boshlatish, kam ta'minlangan oilalar farzandlariga ko’maklashish uchun yiliga 80-90 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilayotgani, tadbirkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan imtiyoz kreditlar hajmi esa yiliga 200 mlrd. so’mdan oshayotgani qayd etildi.

Farg’ona viloyati ta'lim sohasi rivojiga ustuvor o’rin berilayotganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlari bo’yicha viloyatlar reytingida bu yil Farg’ona uchinchi o’rinni qayd etganini, eng yuqori ball to’plagan talabalar ham eng ko’p Farg’onadan ekanini aytib, bu farg’onalik yoshlar o’sayotganining, o’z ustida ishlayotganining isboti ekanini ta'kidladi.

Yoshlar buyuk maqsadlar sari harakatni bugundanoq boshlashlari, bilim olish yo’lida tinimsiz mehnat qilishlari lozimligini qayd etgan Xayrullo Bozorov, jadid bobolarimizning ilm-fanning Vatan taraqqiyoti uchun ahamiyati haqidagi fikrlarini iqtibos keltirdi.

Viloyatimiz yoshlarining ilm-fan bilan birga sport sohasida ham erishayotgan yutuqlariga to’xtalgan viloyat hokimi, bo’lib o’tayotgan Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida 20 nafardan ziyod farg’onalik sportchilar ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Xayrullo Bozorov, jamiyatdagi asosiy illatlar bo’lgan hasad, kibr va manmanlik, yolg’onchilik va g’iybatdan saqlanish masalalariga to’xtalib, yoshlarga bu illatlarning zarari haqida o’z fikrlarini yetkazdi.

Uchrashuv chog’ida yoshlar vakillarining taklif-mulohazalariga, murojaatlariga keng o’rin berildi. “Zakovat” intellektual o’yinlari o’tkazib borish uchun doimiy bino ajratish, So’x tumanida Madaniyat markazi barpo etish, taniqli san'at ustalariga bag’ishlangan musiqiy kechalar uyushtirish, yosh adiblarning “Chimyon” seminarini tashkil etish, tadbirkor yoshlarning bank krediti ajratish bo’yicha murojaatlari, davolanish uchun mablag’ ajratish, xorijda yurgan vatandoshlarimiz muammolarini hal etish, mahallalarda yoshlarni bepul kasbga va tilga o’qitish loyihalarini qo’llab-quvvatlash kabi o’nlab masalalarga viloyat hokimi tomonidan ijobiy yechim belgilandi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram