Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XITOYLIK INVESTORLAR GURUHINI QABUL QILDI

×

 2024-07-31 22:39:05    2136

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Ding Li group”, “Shandong develop new material”, “Zhejiang Yizhou Machinery Technology”, “Teeyer” kompaniyalari rahbarlari va vakillaridan iborat investorlar guruhini hamda ularning mahalliy hamkori Nodirjon Ro’ziboyevni qabul qildi. 

Uchrashuvda viloyatimiz hududida yuqoridagi Xitoy kompaniyalari tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar muhokama qilindi. Ushbu uchrashuv viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasining joriy yil iyun oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan dastlabki kelishuvlarning davomi sifatida tashkil etildi.

Muloqot chog’ida Farg’ona viloyati bugungi kunda xitoylik investorlar uchun eng jozibador hududlardan biriga aylanib borayotganini, viloyatda 150 tadan ziyod Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar samarali faoliyat olib borayotganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Farg’onadagi kichik sanoat zonalari va “Qo’qon” EIZ haqida, erkin iqtisodiy zonada xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qonunchilik bilan belgilangan imtiyozlarga to’xtalib o’tdi.

Xitoyning mashinasozlik sohasida ilg’or kompaniyalaridan biri bo’lgan “Zhejiang Yizhou Machinery Technology” kompaniyasi rahbari Jan Lixyu, Farg’onada MDH davlatlari hamda arab mamlakatlariga chiqish uchun qulay imkoniyat mavjudligidan kelib chiqqan holda viloyatimiz hududida qurilish sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarishni rejalashtirayotganliklarini ma'lum qildi. 

Xitoyda gazobeton bloklar ishlab chiqarish sanoatida 50 foizga yaqin ulushga ega bo’lgan “Teeyer” kompaniyasi vakillari esa dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra 15 mln. dollar atrofida investitsiya yo’naltirgan holda ushbu qurilish bloklarini Farg’onada ishlab chiqarish rejalarini bayon qildilar. O’zbekistonda qurilish sektori jadal rivojlanishda ekanidan yaxshi xabardor ekanliklarini qayd etgan “Teeyer” rahbari, bu mahsulotga bo’lgan talab yanada oshishini ta'kidladi. 

Viloyat hokimi, uchrashuvda muhokama qilingan barcha loyihalar viloyat iqtisodiyoti uchun muhim ekanini qayd etib, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Uchrashuvda shuningdek viloyatda tashkil etilishi ustida ish olib borilayotgan Xitoy texnoparki hududiga xitoylik tadbirkorlarning loyihalarini joylashtirish borasida hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi. 

Uchrashuvda viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram