Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA ERON STARTAP KOMPANIYALARI ISHTIROKIDA TEXNOPARK HAMDA SAVDO MAJMUASI TASHKIL ETISH LOYIHASI JADALLASHTIRILADI

×

 2024-08-05 12:46:34    191

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Marg’ilon shahridagi “Mr. fish company” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi muassisi, eronlik ishbilarmon Shafi G’ulom Rizo hamda investor Katayun Behzadini qabul qildi.

Uchrashuvda korxona tomonidan Marg’ilonda amalga oshirilayotgan Eron startap kompaniyalari ishtirokida Texnopark hamda savdo majmuasi tashkil etish loyihasini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.

Shaharning Yo’rmado’z MFY hududidagi sobiq to’qimachilik kombinati binosida, umumiy 10 gektar maydonda, 6 gektar bino inshootda faoliyat olib borayotgan “Mr. fish company” korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi hamda yaratilgan ish o’rinlari ob'ekt hajmiga nomutanosib ekaniga e'tibor qaratilgandi. Bundan kelib chiqqan holda qiymati 5 mln. dollar bo’lgan investitsion loyiha doirasida tashkil etilayotgan Texnopark hamda savdo majmuasida jami 500 dan ziyod doimiy ish o’rinlari yaratilayotgani Shafi G’ulom Rizo tomonidan ma'lum qilindi.

Erondagi kichik va o’rta biznesning innovatsion kompaniyalari bu loyihaga katta qiziqish bildirayotganini qayd etgan ishbilarmon, kompaniyalar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birga o’z mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ham ega bo’lishlarini bildirdi.

Toshkentda ochilishi ustida ish olib borilayotgan Eronning Sharif Texnologiyalar universitetining amaliyot bo’limini ham Marg’ilonda tashkil etilayotgan Texnoparkda joylashtirish hamda muhandislar tayyorlashda Farg’ona politexnika universiteti bilan hamkorlik o’rnatish masalasi ham atroflicha ko’rib chiqildi.

Viloyat hokimi ushbu loyihalarni ma'qullab, ularni muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasidan ushbu loyihani jadallashtirish hamda muvofiqlashtirish uchun ma'sul xodim biriktirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram