Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQDA YIRIK METALLURGIYA ZAVODI QURILISHI BOSHLANDI

×

 2024-08-17 13:59:47    612

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida metalni qayta ishlash zavodi loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, xitoylik investorlar, mahalliy tadbirkorlar hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizning taraqqiyotida kuchli iqtisodiyot, tadbirkorlik muhim o’rin tutishini ta'kidlab, xorijlik investorlarning qulay biznes muhiti tufayli yurtimizga, viloyatimizga qiziqishi ortganligiga e'tibor qaratdi. Xususan, Xitoy bilan viloyatimiz o’rtasidagi hamkorlikning faollashayotgani yangi investitsion loyihalarga undayotgani qayd etilib, metallurgiya sohasidagi mazkur yirik loyiha xitoylik ishbilarmonlar bilan mustahkam, ishonchli hamkorlikning samarasi ekanligi qayd etildi.

Xitoyning "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo’lib, uning qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi, 500 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Zavodning dastlabki bosqichi 2025 yilning birinchi choragida ishga tushishi ko’zda tutilgan. Tadbirkor Nodirjon Ro’ziboyevning aytishicha, sifatli va raqobatbardosh qayta ishlangan temir mahsulotlari ichki ehtiyojlarni qoplash bilan birga, tashqi bozorga eksport ham qilinadi.

E'tiborli jihati, “Fargona metallurgiya zavodi” O’zbekiston–Xitoy qo’shma korxonasi ro’yxatdan o’tkazilib, o’z faoliyatini boshladi. Tadbirda xitoylik investor bilan bu bo’yicha bitim imzolandi.

Qo’shma korxona ta'sisligidagi metallurgiya zavodining qurilishi boshlanib, tamal toshi qo’yildi. Nuroniylar ezgu niyatlar bildirib, duoga qo’l ochishdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram