Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA QUVVATI 200 MEGAVATT BO’LGAN QUYOSH ELEKTR STANTSIYASI QURILADI

×

 2024-08-18 20:22:03    1528

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Malayziyaning qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sunview Group kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan quvvati 200 megavatt bo’lgan quyosh elektr stantsiyasini qurish loyihasi bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Ma'lumki, joriy yil 18 iyul kuni Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirishga start berilgan bo’lib, ular ichida ushbu loyiha ham bor edi.

Viloyatimizda qurilishi rejalashtirilayotgan loyiha qiymati 150 mln. dollar bo’lgan, Malayziyaning qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyasi – Sunview Group tomonidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiya hisobiga DXSh tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Hozirda investor kompaniya va Energetika vazirligi o’rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu loyihani amalga oshirish va quyosh elektr stantsiya tarif narxlari kelishildi. Loyiha uchun Farg’ona tumanidan yer maydoni tanlanib, investorga texnik va iqtisodiy jihatdan o’rganish uchun taqdim etilgan. Quyosh elektr stantsiyasi qurilish ishlari joriy yilning IV choragida boshlash rejalashtirilgan.

Uchrashuvda mehmonlar “Global Textile” kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razakov bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar xususida ham ma'lumot berdilar. Shuningdek, homiylik asosida ehtiyojmand oila xonadonlarida quyosh panellari o’rnatib berish tashabbusini ilgari surdilar. Bundan tashqari, Malayziya va Farg’ona oliy o’quv yurtlari o’rtasida hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar bo’yicha ham fikr almashildi. Malayziyada hamda Farg’onada ikki hudud vakolatxonasini ochish taklifi ham ilgari surildi.

Viloyat hokimi takliflar yuzasidan hamkorlikda ishlanishi va har tomonlama ko’mak ko’rsatilishini ma'lum qildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram