Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV TURKIYANING BIR QATOR YIRIK KOMPANIYA VAKILLARINI QABUL QILDI

×

 2024-08-24 12:38:17    963

PDF yuklash
Chop etish


Muloqotda o’zaro ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish, qo’shma loyihalarni amalga oshirish haqida fikr almashildi.

Dunyoning qator davlatlarida o’zining zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan ishtirok etgan Turkiyaning Sigma Mühendislik Şirketi ta'sischisi Abuzer Sari Farg’ona shahrini zamonaviy landshaft asosida qayta qurish va yangi shaharlar barpo etishda o’zining loyihalari bilan ishtirok etish taklifini bildirdi. Bu yo’nalishda, kompaniya tomonidan respublikamizning Termiz va Qarshi shaharlarini qiyofasini zamon talabi darajasiga keltirish bo’yicha ishlab chiqilgan loyihalari muvaffaqiyatli qarshi olinganligi ta'kidlab o’tildi.

Shuningdek, “Arta Tekstil” korxonasi direktori Ugur Tok O’zbekistonda, jumladan, Farg’onada yetishtirilayotgan yuqori sifatli paxtadan tayyorlanayotgan ip kalavalarga jahonda ehtiyoj ortayotganligiga va “O’zbek” brendi ostida ushbu mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqishda hamkorlik loyihalarini hamda bugungi kunda jahonda talab ortib borayotgan sun'iy tolalar ishlab chiqarishni Farg’onaga olib kirish taklifini ham bildirdi.

Samimiy muloqot chog’ida O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tibbiy va ko’mir mahsulotlari eksporti bo’yicha hamkorlik qilish masalalari ham ko’rib chiqildi.

Muloqot so’nggida ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqish bo’yicha kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram