Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XITOYNING QURILISH, ENERGETIKA SOHASI BO’YICHA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI KOMPANIYA VAKILLARINI QABUL QILDI

×

 2024-09-05 21:33:22    205

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning qurilish, energetika sohasi bo’yicha faoliyat olib boruvchi Xinjiang Bai Yi Da Construction Investment Co.,Ltd kompaniyasining vakillarini qabul qildi.

Mazkur xitoylik investorlar bilan avvalgi uchrashuvda qurilish, energetika, issiqlik, suv ta'minoti va isitish tizimlari bo’yicha Farg’onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar xususida taqdimotlar o’tkazilgandi. Bugungi muloqotda energetika sohasidagi yangi loyihalarni boshlash masalasi muhokama etildi.

Xayrullo Bozorov viloyatimizda energetika sohasi ham jadal rivojlanib borayotganini alohida qayd etib, xorijlik investorlarning bunga qiziqishi ortganligini ta'kidladi. Xitoylik investorlarning misni qayta ishlash va mis kabellarini ishlab chiqarish loyihasini qo’llab-quvvatlashini, buning uchun zarur infratuzilmaga ega bo’lgan sanoat zonalari borligini bildirdi.

Xitoylik ishbilarmonlar uchrashuvda viloyatimizning investitsion salohiyati bilan tanishib, bir qator yo’nalishlarda hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidlashdi. Dastlabki bosqichda 40 mln. dollarlik energetika sohasida yirik loyiha - mis kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etishni ma'lum qildilar. Loyiha natijasida yiliga 100 ming tonna mis qayta ishlanadi, ichki ehtiyoj qoplanadi, mahsulotlar eksporti yo’lga qo’yiladi. 500 ta yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Viloyat hokimi mazkur loyihani amalga oshirish uchun investorlarga zarur ko’mak berilishini aytib, dastlabki jarayonni boshlash bo’yicha o’z takliflarini bildirdi.

Loyihalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram