Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ELEKTROTEXNIKA ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN “SANOAT IPOTEKASI” ASOSIDA TEXNOPARK QURILISHIGA START BERILDI

×

 2024-09-11 14:46:40    252

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizning Ekoshahar hududida “Eltech Industrial” texnoparkining elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnoparkida ilk marotaba “sanoat ipotekasi” asosida dastlabki investitsiya loyihalari qurilishiga start berildi.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va boshqa keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi davlatimiz rahbarining “Xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida hududlarda ishlab chiqarish imkoniyatlarni kengaytirish, xorijiy kompaniyalarni O’zbekistonga keng jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o’rinlari tashkil etishga qaratilgan bu kabi yirik sanoat majmualari bugun mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim “drayveri”ga aylanib borayotganligini qayd etdi. Xususan, Farg’ona tajribasi sifatida muhim yo’nalish - elektrotexnika sanoatidagi Texnoparkning tashkil etilishi katta imkoniyatlar yaratilishini ta'kidlab o’tdi.

Prezidentimizning 2024 yil 10 yanvar kuni qabul qilingan “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida “Eltech Industrial” texnoparki faoliyati kengaytirilib, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida uning alohida filiallari tashkil etildi va bugungi kunda ushbu loyihalarning qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz raisligida joriy yil 5 sentyabr kuni o’tkazilgan elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini ko’paytirish masalalari muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida texnoparklarning yondosh yo’nalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi ta'kidlangan edi. Buning uchun Ohangaron, Farg’ona, Qarshi va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda kompozit materiallar, metall va plastmassaga ishlov berish, qoliplar ishlab chiqarish, qadoqlash kabi yondosh soha korxonalariga 10 gektargacha joy ajratilishi va bu yo’nalishdagi aniq loyihalar uchun “tayyor bino” qurilib, sanoat ipotekasi shartlarida kredit hisobiga tadbirkorlarga berilishi belgilab qo’yildi. Endilikda ushbu korxonalarga elektrotexnika korxonalari kabi mol-mulk va foyda solig’idan 50 foizgacha imtiyoz berilishi ham ko’zda tutilgan.

Umumiy maydoni 10 gektarni tashkil qiluvchi mazkur texnoparkni infratuzilma bilan ta'minlash bo’yicha manzilli dastur tasdiqlangan bo’lib, dastlabki tarzda 25 mln. dollarga teng 4 ta loyihalar paketi shakllantirildi. Jumladan, loyihalar orasida dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasi ham bor.

Mazkur kompaniya direktori bilan Davlatimiz rahbari Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida uchrashib, kelishuvga erishgan edi. Loyihaning asosiy maqsadi avtomobillar uchun hamkorlikda audio-radio qurilmalar va boshqa multimedia butlovchi qismlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdan iboratdir.

Farg’ona shahrining Ekoshahar hududida qurilishiga start berilgan mazkur texnopark ilk marotaba Farg’ona tajribasi sifatida “sanoat ipotekasi” asosida “tayyor holda” tadbirkorlarga foydalanish uchun topshiriladi. Keyinchalik bu amaliyot respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etiladi. Ushbu loyihalar “O’zeltexsanoat” uyushmasi bilan “O’zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan bosh rejaga ko’ra, texnopark hududida ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari davlat-xususiy sherikchilik asosida joylashtirilishi ham ko’zda tutilgan.

Shu o’rinda texnopark ishtirokchilari uchun kiritiladigan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig’idan, yer solig’idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda daromad solig’ini to’lashdan ozod qilish tarzidagi qator imtiyozlar belgilab qo’yilgan.

Marosimda so’zga chiqqanlar ushbu yirik sanoat majmualari nafaqat mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, balki aholini doimiy ish bilan ta'minlash borasidagi ishlarga ham katta hissa qo’shishligini ta'kidladi.

Nuroniylarning duolari bilan texnoparkni tashkil etish bilan dastlabki ishlarga kirishildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram