Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 295 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DANG’ARA TUMANIDA TADBIRKORLIK, MAHALLALARNI ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH, OILALARNI DAROMADLI QILISH BORASIDAGI ISHLAR BILAN TANISHILDI

×

 2024-10-02 23:24:22    2260

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Dang’ara tumanida bo’lib, tadbirkorlik, mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, oilalarni daromadli qilish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

G’umoyli MFYda “Karobka mega global” MChJ tomonidan 3 mln. dollar investitsiya hisobiga yaqinda elektr choynaklar va elektr jihozlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 50 nafar kishi mehnat qilmoqda. Korxona rahbari Rahimjon Abdullayev tomonidan yangi loyiha bo’yicha ishlar boshlangan bo’lib, uning natijasida 100 ta ish o’rni yaratiladi.

Viloyat rahbari ushbu loyihalar bilan tanishdi, ish o’rinlarini ko’paytirish, mahsulotlarning sifatini oshirish kerakligi bildirildi.

Shu mahallada “Asadbek lider” korxonasi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etgan bo’lib, 25 nafar yoshlar ishlamoqda. Shu yerda tunukachilik tarmog’i bor. Yangi savdo majmuasi ham barpo etilyapti.

Navbahor MFYda “Evrika kabel fayzi” MChJ tomonidan 10 mlrd. so’m mablag’ hisobiga elektr kabellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Yuzdan ziyod kishi ish bilan ta'minlandi. Viloyat hokimi bu yerda bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Tadbirkorning kredit olish bilan bog’liq masalasi mas'ullarga yo’naltirildi.

Mazkur mahalladagi tadbirkor Ahadjon Jumanov tomonidan tashkil etilgan paypoq ishlab chiqarish korxonasi ko’zdan kechirildi. Bu yerda 60 nafar xotin-qizlar mehnat qilyapti. Yosh tadbirkor Diyorjon Erqo’ziyev esa bolalar kiyimlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilib, 70 ta ish o’rni yaratdi. Sifatli mahsulotlar ancha xaridorgir.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram