Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 322 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ADABIYOT BAYRAMI BOSHLANDI

×

 2024-10-03 20:16:11    2350

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona azaldan adabiyot, ma'rifat maskani sifatida mashhur bo’lib, bu zamindan ko’plab shoiru fozillar yetishib chiqqan. Xususan, Qo’qon adabiy muhiti haqida gap ketganida 300 dan ziyod ijodkor nomi sanaladi. Bugun ana shu ijodiy muhitning bir guruh vakillariga ehtirom va e'zoz ko’rsatildi.

Mumtoz adabiyotimizning ulug’ namoyandalari Xo’janazar Huvaydo tavalludiga 320 yil, Jahon otin Uvaysiy tavalludiga 245 yil, Furqat tavalludiga 165 yil, Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludiga 135 yil, Habibullo Said G’ani tavalludiga 80 yil, O’zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludiga 70 yil hamda bugungi kunda samarali ijod qilayotgan Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Hamid Burhon tavalludiga 75 yil, Nosir Zohid, Abdullatif Turdaliyev, Karima Ashurovalar tavalludiga 70 yil to’lishi munosabati bilan Adabiyot bayrami bo’lib o’tmoqda.

Qo’qon temir yo’li vokzalida poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish marosimi bilan boshlangan bayram tadbiri ulug’ adib Furqat qabrining ziyorati va uning siymosiga qo’yilgan haykalning ochilish marosimi bilan davom etdi.

Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqatning Yorkentdan hoki olib kelinib, Qo’qon shahridagi Shayxon qabristoniga qo’yildi.

Bundan tashqari, shu kunning o’zida Qo’qon shahri markazida o’rnatilgan adibning haykali ochilish marosimi ham o’tkazildi. Marosimda yozuvchi va tarjimon, O’zbekiston Qahramoni Ibrohim G’ofurov, Qo’qon shahar hokimi Maruf Usmonov so’zga chiqib, Furqatning ijodi va boy ma'naviy merosi haqida to’xtaldi.

Mehmonlar Adabiyot bayramining Qo’qon drama teatrida tashkillangan tantanali marosimida ishtirok etdilar. Milliy adabiyotimizning ulug’ namoyandalari xotirasiga ehtirom ko’rsatilib, hayoti va ijodi haqida so’z yuritildi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov barchani adabiyot bayrami bilan tabrikladi.

Yubiley to’yini nishonlayotgan Hamid Burhon, Nosir Zohid, Abdulatif Turdaliyev, Karima Ashurovalar sahnaga taklif etilib, ularga esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

Musiqiy dastur va sahna ko’rinishlari tadbirga yanada chuqur ma'no baxsh etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram