Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 310 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“BENAZIR” BRENDI OSTIDA ISHLAB CHIQARILAYOTGAN NON VA QANDOLAT MAHSULOTLARI NAFAQAT QO’QON SHAHRIDA, BALKI YURTIMIZDA HAM MASHHUR

×

 2024-10-04 21:45:49    2548

PDF yuklash
Chop etish


O’ziga xos ta'mga ega bu mahsulotlarga talab ortmoqda. Shu kungacha ushbu korxonaning ko’plab tarmoqlari ishga tushirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo’qon shahridagi o’rganishlari davomida "Benazir" korxonasining yangi tarmog’i bilan tanishdi.

Yil boshida 12 mlrd. so’m bo’lgan mazkur istiqbolli loyiha faoliyati yo’lga qo’yildi. Shaharning Quduqliq ko’chasida joylashgan yangi tarmoqda 200 dan oshiq ishchi-xodim band.

Tadbirkor Ilhomjon Nazarovning ma'lum qilishicha, bu yerda 50 xil turdagi non va bolichka, 300 xildan ortiq qandolat mahsulotlari, turli pishiriqlar, shirinliklar, biskvitlar, pechene va boshqa mahsulotlar tayyorlanib, vodiy viloyatlaridan tortib Angrengacha yetkazib berilmoqda. Bu yerda xotin-qizlarni pishiriqlar tayyorlash bo’yicha o’quv markazi ham tashkil etilgan. Shuningdek, tarmoqni yanada kengaytirish va ish o’rnini ko’paytirish bo’yicha ham yangi 3 qavatli bino qurilmoqda.

O’zbekiston, Beshariq va Dang’ara tumanlarida do’konlar ochilgan bo’lib, mahsulotlar sotuvi yo’lga qo’yilgan.

Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayonini ko’zdan kechirib, brendni yanada ommalashtirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish borasida ko’rsatmalar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram