Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 306 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QO’QON SHAHRIDA “YANGI O’ZBEKISTONNING YANGI MAHALLALARI” RENOVATSIYA DASTURI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN QURILISH ISHLARINI BORIB KO’RDI

×

 2024-10-05 10:56:24    3206

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo’qon shahridagi o’rganishlari davomida “Yangi O’zbekistonning yangi mahallalari” Renovatsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini borib ko’rdi.

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifida chog’ida “Yangi O’zbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushirilishi belgilanib, Qo’qonda birinchi “Mahalla massivi” qurilishi bo’yicha topshiriqlar berilgan edi. Ayni kunlarda mazkur topshiriqlar ijrosiga kirishilgan bo’lib, uning doirasida Qo’qon shahridagi G’ishtli masjid mahallasining Movoraunnahr ko’chasidagi 3 ta 2 qavatli ma'nan eskirgan turar joy binolari o’rniga Renovatsiya dasturi asosida yangi 3 ta 9 qavatli jami 136 xonadondan iborat turar-joy binolari qurilmoqda.

Qurilish “ARTEON” MChJ tomonidan olib borilayotgan bo’lib, barpo etilayotgan ko’p qavatli turar-joy binolariga qo’shimcha ravishda avtoturargoh, bolalar maydonchalari, yo’laklar va yashil maydon tashkil etish belgilangan.

Viloyat rahbari tomonidan qurilish ishlari sifatli bo’lishi, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish kerakligi bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Qo’qon shahrida 200dan ortiq ma'nan eskirgan ikki qavatli uylar bo’lib, Renovatsiya dasturi asosida yangi ko’p qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Quruvchilar ishtirokida Renovatsiya dasturi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha va takliflarni viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig’i Lazizxon Fozilov taqdimotini o’tkazdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram