Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 269 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV TURKIYANING TEK ENERJI KOMPANIYASI RAISI IBRAHIM SHAHINTASH BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA VAKILLARINI QABUL QILDI

×

 2024-10-07 22:42:01    4319

PDF yuklash
Chop etish


Uchrashuvda turk ishbilarmonlari tomonidan viloyatimizda energetika sohasidagi yangi loyihalarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mehmonlarga hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirib, mamlakatimizda muqobil energiya manbalarini joriy etishga muhim e'tibor qaratilayotgani, bu yo’nalishda yirik loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Ibrahim Shahintash kompaniya 20 yil davomida energetika sohasida faoliyat olib borayotganligi, ushbu davrda 200 dan oshiq loyihalar amalga oshirilganligini ma'lum qildi. Turkiya bilan birga YEvropa va Bolqon davlatlarida ham ko’plab loyihalar ishga tushirilgani va Markaziy Osiyoda ilk bor O’zbekistonda ilk loyiha qurilayotganligi haqida ma'lumot berildi. Asosiy maqsad xalqaro standartlar asosida sifatli, raqobatbardosh va havoni ifloslanishini oldini oluvchi loyihalar sonini ko’paytirish ekanligi qayd etildi. Farg’onada ham quyosh panellarini qurish va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.

Shuningdek, ushbu kompaniya tomonidan Turkiyada qilingan ishlar bo’yicha taqdimot ham o’tkazildi.

Viloyat hokimi turk investorlarini loyihalarini qo’llab-quvvatlab, hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Viloyatimizda ham xonadonlardan tortib yirik korxonalarga quyosh panellari o’rnatilayotganligi o’z samarasini berayotganini aytib o’tdi. Sifatli va maqbul narx taklif qilinsa, hamkorlik qilish ma'lum qilindi.

Mehmonlar viloyatdagi ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, joylar bilan tanishib chiqib, o’z takliflarini bildirishga kelishildi.

TEK Enerji elektr tizimlarining ta'minoti, ta'miri, loyihalashtirish va muhandislik xizmatlari bilan shug’ullanuvchi Turkiyadagi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram