Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ALISHER NAVOIYNING FARG’ONA SHAHRIDAGI HAYKALI YONIDA SANA MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-10-21 12:26:38    4335

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizning barcha hududlarida 21 oktyabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg’ona shahridagi haykali yonida sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va mudofaa tizimlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta'lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.

Viloyat rahbari barchani o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o’ttiz besh yilligi bayrami bilan tabriklab, o’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini ta'kidladi.

Bugun jamiyat oldida o’zbek tilini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida muhim vazifalar turganligini, ta'limda tilning rolini kuchaytirish, o’zbek tilini raqamli makonda faol targ’ib qilish va ommalashtirish zarurligi, tilni o’rganish va ommalashtirishga qaratilgan madaniy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish muhim vazifa ekanligi bo’yicha so’z yuritildi.

Tadbir davomida o’zbek tilini ulug’lovchi she'rlar yangradi, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram