Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA “O’ZDAVERLOYIHA” DAVLAT ILMIY-LOYIHALASH INSTITUTI FARG’ONA VILOYATI BO’LINMASINING YANGI ZAMONAVIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-10-23 17:04:21    2928

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida bunyod etilgan “Yangi O’zbekiston” massivi – Ekoshaharda Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg’ona viloyati bo’linmasining yangi zamonaviy binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, viloyat sektorlari rahbarlari, tizim xodimlari hamda mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar tomonidan har bir soha singari qishloq xo’jaligi sohasida ham islohotlar jadal olib borilayotganligi ta'kidlanib, yer umummilliy boylik ekanligi, uni aniq hisob-kitobini yuritish, undan samarali foydalanishda ushbu muassasaning o’rni katta ekanligi qayd etildi. 10 milliard mablag’ evaziga qurilgan binoda xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilganiga e'tibor qaratildi.

Ushbu bo’linmaning yangi ma'muriy binosi mamlakatimiz rivojiga, jumladan, yer tuzish sohasi istiqboliga xizmat qilishiga tilak bildirildi.

Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar zamonaviy binoda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur bo’linma viloyat bo’yicha yer tuzish, yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar o’tkazish, qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yer maydonlarini loyihalash va auktsion savdolariga chiqarish, yer fondi toifalarini o’zgartirish yuzasidan loyiha hujjatlarini tayyorlash, qishloq xo’jaligi yerlarini soliqqa tortish uchun me'yoriy qiymatni hisoblash, uchuvchisiz qurilmalar orqali qishloq xo’jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish hamda doktorantura yo’nalishida o’z faoliyatini olib boradi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram