Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


24 OKTYABR - AHMAD AL-FARG’ONIY HAYKAL MAJMUASI OCHILGAN KUN

×

 2024-10-24 09:08:32    2564

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida Ahmad al-Farg’oniy yodgorlik majmuasi ochilganiga 26 yil to’ldi.

Butun dunyo qomusiy olim Ahmad Farg’oniyning ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasini yuksak qadrlaydi, uni voyaga yetkazgan zaminga alohida ehtirom bilan qaraydi. YUNESKO qaroriga muvofiq, 1998-yilda Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e'tirofi bo’ldi.

Ulug’ ajdodimizga ehtirom sifatida allomaning salobatli haykali o’rnatildi, Farg’ona shahrida ul zotga bag’ishlangan muhtasham majmua qad rostladi. Mazkur majmua bugungi kunda nafaqat hamyurtlarimiz, yoshlarimiz, balki dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ziyoratchilar uchun ham tabarruk maskanlardan biriga aylangan.

Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy 797-865-yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlariga oid ko’plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833-yillarda Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan. Farg’oniy “Miqyosi Nil”, ya'ni suv sathini o’lchaydigan asbob yaratgan.

Bizning davrimizgacha Ahmad Farg’oniyning sakkizta asari yetib kelgan, ular orasida “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” dunyo olimlari tomonidan hozir ham keng o’rganilmoqda. Olimning “Astronomiya asoslari” asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSh kabi ko’plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning ahamiyatidan dalolat beradi.

Allomaning Yerning sharsimon ekani borasidagi qarashlarini oradan 800 yil o’tib isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb “Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg’oniy hisoblarining to’g’riligiga to’la ishonch hosil qildim”, deb yozgan. O’n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan.

Misrda, Nil daryosining Roda orolida 2007-yili Ahmad Farg’oniyga haykal o’rnatilgani barchamizga g’urur-iftixor bag’ishladi. Bularning barchasi dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizga bo’lgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasidir.