Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONANING TARIXIY YODGORLIKLARI

×

 2024-10-26 10:01:47    1391

PDF yuklash
Chop etish


Norbo’tabiy madrasasi - Qo’qondagi me'moriy yodgorlik (18-asr oxiri). Qo’qon xoni Norbo’tabiy hukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi.

Norbo’tabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, to’g’ri to’rtburchak tarhli (52x72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofiga qator ravoqli xujralar joylashgan. Peshtog’i shimolga qaragan. Miyonsaroyning 2 tarafida peshtoq bo’ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali (panjaralar o’rnatilgan) darsxona mavjud. Norbo’tabiy madrasasi pishiq g’ishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mehrobining yulduzsimon bezaklari serhasham ko’rinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa o’ymakori islomiy naqsh qo’llanilgan. Norbo’tabiy madrasasining tashqi ko’rinishi Buxoro me'morlik maktabi uslubiga xosdir.

Madrasai Mir jome masjidining tarixi Norbo’tabiy madrasasining qurilishi bilan bog’liq. Norbo’tabiy (1763 - 1798) Qo’qon xonligining beshinchi xoni bo’lib, u uchinchi xon Abdukarimbiyning (1733 - 1750) nabirasidir. Norbo’tabiy Qo’qonga xon bo’lganidan so’ng bu madrasani qurdirishni boshlagan va u 1798 yilda to’la qurib bitkazilgan. Madrasa to’rtburchakli hovli shaklida xom g’ishtdan qurilgan tarixiy yodgorlikdir. Masjidning yonida qabriston va kichkina bozor bor. Bu joyning nomi Yangi Chorsu deyiladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram