Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
KUN TARIXI: BURHONIDDIN MARG’INONIYNING QABRI QAYERDA?
2024-10-29 15:26:13 1168
1197 yil (bundan 827 yil oldin) – buyuk faqih, imom Burhoniddin Marg’inoniy ikkinchi marta haj safariga otlanganda Samarqandni tark etishga ulgurmay og’ir xastalikdan vafot etdi. Tarixchi Abu Tohirxoja Samarqandiyning “Samariya” asarida yozilishicha, bu xodisa hijriy 593 yil zulhijja oyining o’n to’rtinchi kuni seshanbada (milodiy 1197 yil 29 oktyabrda) sodir bo’ldi. Uni musulmon olamining eng tabarruk qabristonlaridan biri – Chokardiza qabristoniga dafn etganlar.
Mavlono Burhoniddinning qabri to’g’risida Abu Tohirxoja Samarqandiy jumladan shunday deydi: “Mavlono Burhoniddin al-Marg’inoniyning mozori... Chokardiza qabristonida, katta ko’chaning kunbotarida, hovuzga o’xshagan chuqurning yonidadirkim, shu katta yo’l o’sha hovuz orqali sharqiy-shimolga qarab o’tadi. Mavlono Burhoniddinning qabri o’sha katta yo’lning janub tarafida, pishiq g’ishtdan qilingan baland sufadadir”.
Ma'lumot o’rnida qayd etish joizki, Burhoniddin Marg’inoniyning “Kitob al-Hidoya” (qisqacha nomi “Hidoya” – “To’g’ri yo’l”) asari nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma'lum va mashhur bo’lgan. Bu kitob fiqh ilmi bo’yicha eng aniq, izchil, mukammal asardir. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba – asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan.
O’zbekiston Milliy entsiklopediyasida yozilishicha, alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham “hidoyat yo’lining sarboni” deya katta hurmat - e'tibor topgan. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. Hozir ham jahondagi ko’plab oliy o’quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin Marg’inoniyning fiqh ta'limoti asosida o’rganiladi.
O’zbekistonda 1997 yilda milodiy sana bo’yicha ulug’ alloma vafotining 800 yilligi, 2000 yilda hijriy sana bo’yicha tavalludining 910 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg’ilon shahri markazida Burhoniddin Marg’inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o’rnatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram