Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG‘ONA VILOYATI HOKIMINING QARORI
2024-10-30 09:14:45 739
Farg‘ona viloyati hokimining 2024-yil 29-oktyabr kuni “Shahar jamoat transportida yo‘lovchilar tashish haqining tabaqalashtirilgan tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori (576-11-0-Q/24) qabul qilindi.
Farg‘ona viloyatining shaharlarida, shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi.
a) avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun yo‘l haqi 3000 (uch ming) so‘m;
b) jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov tizimini jozibadorligini oshirish, mazkur tizimdan foydalanishda yo‘lovchilarni keng jalb qilish, sohadagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida avtobuslarda elektron shaklda to‘langan to‘lovlar (transport kartasi, ATTO, bank kartalar,) orqali bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik rag‘batlantiruvchi yo‘l haqi tarifi 2400 (ikki ming to‘rt yuz) so‘m;
c) yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yo‘lovchi uchun 4000 (to‘rt ming) so‘m.
Qarorning to‘liq matni bilan ushbu link orqali batafsil tanishing.