Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 153 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


"Farg’ona haqiqati":Viloyat hokimining sayyor qabuli MUROJAATLAR BILAN ISHLASHDA YaNGI TIZIM VA SAMARA

×

 2019-04-19 16:22:08    78

PDF yuklash
Chop etish



Bu hududlarda aholi muammolarini tez fursatda hal etish va ijro intizomini mustahkamlashda juda ham qo‘l kelmoqda

 

Ayni kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida to‘rtta sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilib, har bir murojaat joyida o‘rganilishi, muammolarga yechim topish hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida ijobiy natijalarga erishilishi ta’minlanyapti.

SHu yilning 17 aprel kuni Dang‘ara tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat hokimi, viloyatdagi birinchi sektor rahbari SHuhrat G‘anievning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

 Unda Dang‘ara, Beshariq, Furqat, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Buvayda, Bag‘dod, Rishton tumanlari hamda Qo‘qon shahridan kelgan 124 nafar fuqaroning jami 79 ta masalalar bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mutasaddilari, viloyat hokimligi, tegishli bo‘lim va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etgan sayyor qabulda har bir murojaat viloyat hokimi tomonidan batafsil o‘rganilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ba’zi masalalar alohida nazoratga olinib, kerakli tavsiyalar berildi.

Sayyor qabul davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash singari ko‘plab muhim masalalar o‘rtaga tashlandi.

 Murojaatlar asosida ishsizlik, nafaqa olish, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash kabi muammoli holatlar tegishli mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etildi.

–                   Hech bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi kerak, – dedi viloyat rahbari. – Murojaatlar o‘z vaqtida ijobiy hal etilishi uchun har birimiz mas’ulmiz. CHunki har bir murojaat ortida inson, oila taqdiri yotadi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan asos solingan murojaatlar bilan ishlashning yangi tizimi samarasi sifatida bugungi kunda yurtimizdagi hech bir inson mehr va e’tibordan chetda emas.

Dang‘ara tumanining Pishqayron qishlog‘ida yashovchi 82 yoshli mehnat faxriysi Lutfixon aya Jo‘raboeva yurak xastaligidan aziyat chekadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dang‘ara tumani Xalq qabulxonasiga murojaati asosida onaxonga shu kuni nogironlik aravachasi topshirildi.

 –Quvonganimdan ko‘zimga yosh keldi, – deydi onaxon mamnun bo‘lib. – Insultni boshimdan o‘tkazganim sababli yurishga qiynalar edim. Bundan buyon nevaralarim yordamida yangi aravachada sayr qilish, qo‘ni-qo‘shnilar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldim. SHunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga mingdan-ming rahmat.

Sayyor qabulda qatnashgan Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Zuhraxon Sulaymonova o‘zi bir nafar farzandining nogironligi borligi hisobga olinib, unga viloyat markazida joylashgan oilaviy yotoqxonalardan yana qo‘shimcha xonadon ajratildi.

Bag‘dod tumanida ro‘yxatda turgan Dilorom Xoliqovaga esa onasining davolanishi uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

Dang‘aralik G‘ofurjon Qambaralievning maktabgacha ta’lim maskani tashkil etish uchun kredit olish masalasidagi murojjati ham o‘z yechimini topdi.

Yana shu tumanda yashovchi SHahrizoda Bo‘taeva o‘tgan sayyor qabulda uy-joy masalasida viloyat rahbariga yuzlangan edi. Muammosi hal etilganligidan quvongan SHahrizoda bu  safargi qabulda viloyat hokimi SHuhrat G‘anievga samimiy minnatdorchiligini bildirdi. 

    Qabul jarayonining o‘zida 27 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining masalalari ijobiy hal etildi. 3 ta holatda joyida berilgan qonuniy tushuntirishlardan hamyurtlarimiz rozi bo‘lishdi. Qolgan 49 ta murojaatlarning hal etilishi uchun boshqarma va tashkilotlarga topshiriqlar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Qabulda tushgan yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, ballonli gaz yetkazib berish borasidagi 17 ta murojaat joyida qo‘shimcha o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etishga yo‘naltirildi. SHu kunning o‘zida “Avtoyo‘l”, elektr tarmoqlari, “Suvoqova” kabi qator idoralar rahbarlari yuqoridagi muammolar bo‘yicha qishloqlarga yuborildilar.

 

Ahmadali TESHABOEV,

Botir MADIYoROV.

Suratlarni SHerzod QORABOEV olgan.