Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“Buyuk ipak yo‘li” xalqaro festivali

×

 2019-06-18 20:04:22    88

PDF yuklash
Chop etish



MARG‘ILON MEHMONLARNI ChORLAYDI
O‘zbek folklor san’ati o‘zligimizni, ajdodlarimizning san’atga bo‘lgan munosabatini namoyon qiluvchi qadriyatlardan biridir. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 371-sonli “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 11-13 iyul kunlari Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro festival Vatanimizni ulug‘laydigan, nomoddiy-madaniy merosimiz durdonalaridan biri hisoblangan folklor san’atini yanada ommaviylashtirishdek ezgu maqsadga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda Marg‘ilonda festivalga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirdi. Festivalni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur xalqaro bayramda xorijiy va mahalliy sayyohlar hunarmandchilik ko‘rgazmalarida ishtirok etib, shaharning qadimiy manzaralari aks etgan tarixiy ob’ektlar, muzeylar, shaharning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradilar. Ular uchun katta miqyosdagi gala-konsert tashkil etish bo‘yicha ham taraddud ketmoqda.
Marg‘ilonning “Chodirjamol” folklor jamoasi tomonidan ham tadbirga alohida tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Unutilib borayotgan eski laparlar, o‘lanlar festivalga mos ruhda qayta ishlanyapti. Viloyatimizdagi boshqa folklor jamoalari tomonidan ham tadbirda turli chiqishlar namoyish etiladi. Festivalda ishtirok etib muvaffaqiyatli natijalarga erishgan folklor jamoalari tashkilotchilarning pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tadbirga 500 nafar xorijiy, respublikamizning barcha viloyatlaridan 1500 dan ziyod mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Ularni joylashtirish bo‘yicha hozirda 5 ta mehmonxona shay qilib qo‘yildi. Ular qatoriga yangi barpo etilgan “Uvaysiy” oilaviy mehmonxon uyi ham qo‘shildi. 
Xalqaro anjumanni tashkil etishdagi asosiy vazifalardan biri targ‘ibot ishlaridir. Festivalning mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi banner-panolar nafaqat hududimizda balki, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlarida ham o‘rnatildi. Shuningdek, internet tarmog‘ida festivalning srfestival.uz domeni ro‘yxatdan o‘tkazilib, hozirda dasturiy ta’minot ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shahardagi diqqatga sazovor joylar esa 3D formatida uzbekistan360.uz saytiga muntazam joylashtirilmoqda. Ushbu veb-saytdan hozirgacha Marg‘ilonning eng diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot va suratlar o‘rin oldi. 
Ommaviy axborot vositalarida ham festival yuzasidan eshittirishlar, rolik va maqolalar muntazam yoritilmoqda. Festival munosabati bilan tashkil etilgan shtabda esa matbuot markazi faoliyati qo‘yildi. U yerda tajribali jurnalist, bloger va fotomuxbirlarning tadbir tafsilotlari va tadbirgacha bo‘lgan jarayonlarni yoritib borishlari uchun imkoniyatlar yaratildi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro festivalida xalqimizning o‘zligi aks etadi. Bu esa xalqimiz ayniqsa, yoshlarning milliy g‘ururini yuksaltirish bilan birga ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ipak shahri mehmonlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda!
Madaminjon SOLIJONOV.