Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘onada Xalqaro suv anjumani bo‘lib o‘tdi

×

 2019-08-23 23:57:33    72

PDF yuklash
Chop etish




Farg‘ona vodiysining asosiy yer maydonlari transchegaraviy suv manbalari – daryo va soylardan kelayotgan obihayot hisobidan sug‘oriladi. Vodiy aholisi uchun bu manbalardan oqilona foydalanish o‘ta muhim masaladir. Farg‘onada tashkil etilgan «Transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish va kelajak avlod uchun uni saqlab qolish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro anjuman ham shu masalalarga bag‘ishlandi. Ikki kunga rejalashtirilgan anjumanning dastlabki qismi viloyat hokimligining Vodildagi qabullar zalidan boshlandi. Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari vakillari, uch mamlakatning davlat suv xo‘jaligi mutasaddilari unda qatnashdilar.
Dastlab anjuman ishtirokchilari transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, saqlash va ishlatish bo‘yicha to‘plangan xalqaro tajribalarni o‘rgandilar. Davlatlarimiz rahbarlarining yuqori darajadagi uchrashuvlari, O‘zbekiston tashqi siyosatida yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga katta e’tibor qaratilishi tufayli Farg‘ona vodiysi transchegaraviy suv manbalaridan foydalanish tizimida istiqbolli yo‘nalishlar ochilgani qayd etildi. 
Anjuman davomida har bir mamlakat vakillari o‘zlari tayyorlab kelgan taqdimot materiallari bilan qatnashib, mavzuga oid muammoli masalalarni hal etish yo‘llarini qidirdilar. Suv xo‘jaligidagi hamkorlik davomida iqlim o‘zgarishi va boshka sabablar tufayli yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi o‘rganildi. 
Jumladan, xalkaro hamkorlik, xalkaro donor tashkilotlar ko‘magida tomchilab va yomg‘irlatib sug‘orish borasida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishni joriy etish bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xalkaro tashkilotlar - Jahon bankining suv resurslari bo‘yicha mutaxassislari, Xalkaro hamkorlik bo‘yicha German jamiyati vakillari bu yo‘nalishda o‘z fikr – mulohazalarini bildirdilar.
Anjumanda ishtirok etgan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha German jamiyati loyihasi rahbari KAROLINA MILOV shunday deydi: 
- Anjumanning ikkinchi kuni biz 11 gektar bog‘da tomchilab sug‘orish texnologiyalari joriy etilgani bilan tanishib qaytamiz. Bu loyiha Xalqaro hamkorlik bo‘yicha German Jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Buning uchun Yevroittifoq tomonidan 12 mln Yevro miqdorida mablag‘ ajratilgan hamda ushbu mablag‘lar hisobidan O‘zbekistonning Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ilg‘or innovatsion texnologiyalar ko‘magida suv resurslaridan oqilona foydalanish tizimini joriy etganmiz. 
Anjuman ishtirokchilari shu kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona vodiysi hududida suv resurslaridan o‘tgan asrlarda xalqimiz naqadar tejamkorlik bilan foydalanib kelganini ifodalovchi muzey faoliyati bilan ham tanishdilar. Bu yerda suv resurslaridan foydalanish, jumladan, suvning bir misqolini ham isrof qilmaslik uchun qaysi ko‘rinishdagi suv inshootlari, gidrotexnik qurilmalardan foydalanib kelingani haqida xabar beruvchi boy materiallar hamda eksponatlar joylashgan.
Xalqimizning suvga munosabati, Farg‘ona vodiysida esa suv tejamkorligi yo‘nalishida amalga oshirgan ishlarining yorqin namunasi esa, so‘zsiz, Katta Farg‘ona Kanali qurilishi xisoblanadi. Kunning ikkinchi yarmida xalkaro anjuman qatnashchilari Katta Farg‘ona Kanali kurilishining 80 yillik to‘yiga bag‘ishlangan tadbirda ham qatnashdilar. Unda qayd etilganidek, Katta Farg‘ona Kanali Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hududlari bo‘ylab oqadi va 320 km masofaga ega. 
1939 yilning 3 iyuni kanal tavallud topgan kun sanaladi. Shu sanada e’lon qilingan Xukumat qaroriga ko‘ra uning qurilishiga kirishilgan va xalqimizning mardonavor hashari, fidokorona mehnati bilan 45 kun deganda Katta Farg‘ona Kanali qurib bitkazildi va u o‘zbek xalqining mehnat jasorati ramziga aylandi. Kanal kazilishida ishtirok etgan xalqimizning uyushqoqligi va mehnatsevarligi nodir videotasmalarda o‘z aksini topgan. 
Bayram tadbiri davomida Katta Farg‘ona Kanali qurilishining 80 yillik munosabati bilan tabrik so‘zlar aytildi. Suvchilar, mirob va gidrotexniklar, KFK ning ekspluatatsiyasini yuritib kelayotgan insonlarga ehtirom ko‘rsatildi. 
KFK - Fargona vodiysining tirik qon tomiri. U tufayli oltin vodiy haqiqiy marvaridga aylangan. Xalqimiz azaldan suvni zarga, suvchini esa zargarga qiyoslagan. Zar qadrini esa zargar bilganidek, xalqimiz KFK da oqayotgan suvning misqolini xam isrof qilmay, tejab – tergab ishlatishga o‘rgangan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati