Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 234 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MILLAT MA'NAVIYATINING YORQIN NAMOYONDASI

×

 2019-11-26 17:42:13    154

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda adabiy merosimizni kengroq o'rganish va targ'ib etish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish, ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ilgari xabar qilganimizdek, adabiyotimizning yirik namoyondalari Jahon otin Uvaysiy tavalludining 240 yilligi, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 83 yilligi, taniqli yozuvchi va publitsist Anvar Muqimov tavalludining 90 yilligi keng nishonlandi.

Bugun Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-kontsert saroyida xalqimizning ardoqli farzandi, atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 83 yilligiga bag'ishlangan anjuman o'tkazildi.

Anjumanda so'zga chiqqan O'zbekiston xalq shoirlari Anvar Obidjon, To'lan Nizom, “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi bosh muharriri Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf va boshqalar Erkin Vohidov shaxsiga hurmat va ehtirom namunasi sifatida Yurtboshimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ko'rkam bog' va muhtasham maktab navqiron avlod vakillari uchun ulkan g'amxo'rlik ekanligini e'tirof etdilar. Ustoz shoir nafaqat xalqimiz, balki qardosh xalqlar adabiyotida ham yuksak o'ringa ega ekanligini ta'kidladilar.

  

Shu kuni tavalludi nishonlanayotgan ijodkorlarning asarlarini chuqur o'rganishga bag'ishlab o'tkazilgan eng yaxshi insho, she'r, badiiy publitsistik maqolalar tanlovi g'oliblari nomi e'lon qilindi. Tanlov sovrindorlari viloyat hokimligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limining diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi. G'oliblarga esdalik sovg'alarini viloyat xotin-qizlar qo'mitasining raisi Dilafruz Qosimova topshirdi.

Tadbirda Erkin Vohidov oila a'zolari tomonidan ta'sis etilgan shoir nomidagi stipendiya sovrindorlari nomi ham e'lon qilindi.

– Erkin Vohidov haqida soatlab gapirish mumkin. Bu serqirra ustoz tom ma'noda so'z zargari, tilimiz jonkuyari bo'lgan, – deydi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi mutaxassisi Dilshodaxon Ergasheva. – Shoirimiz so'z mahoratini to'liq egallagan inson edi. Adabiyotimiz ostonasida turgan yoshlarimiz Erkin Vohidovni ko'proq o'qishlari va u kishining mahoratini o'zlashtirishga intilishlari zarur. Qaysi janrda bo'lmasin shoirning ijodiy merosi haqiqiy saboq maktabidir.

Tadbirda shoirning samimiyat, mehr va muhabbatga yo'g'rilgan she'rlaridan namunalar sakkizdan ortiq tillarda o'qildi. Shoirning asarlari asosida sahnalashtirilgan talqinlar barchada katta taassurot qoldirdi.


FARG'ONA VILOYAT HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI