Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TAYINLOV

×

 2020-02-20 21:28:00    312

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 20 fevral kuni Farg’ona viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat faollarining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda viloyat sektor rahbarlari, viloyat hokimi o’rinbosarlari, viloyat tashkilot rahbarlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, shahar, tuman hokimlari, ularning o’rinbosarlari, shahar, tuman ichki ishlar bo’limi boshliqlarining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, shahar, tuman “Nuroniy” jamg’armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Oila” markazlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, faollar yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o’rinbosari Olim Soliyev hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas'ul xodimi Furqat Xodjayev qatnashdilar.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mahallalarda to’planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topishi, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash yo’lida barcha sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun sohaga mas'ul alohida davlat idorasi – Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligini tashkil etish taklifi bildirilgan edi.

2020 yil 18 fevral kuni “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Prezident Farmoni hamda ushbu farmonga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o’rinbosari Olim Soliyev so’zga chiqdi va Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan:

- Saidmurod Aminjonovni viloyat hokimi o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig’i,

- Komila Kavlanovani uning 1-o’rinbosari,

- Topvoldi Xoldorov va Dilmurod Asqarovlarni o’rinbosar lavozimiga tavsiya etilgani, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu nomzodlarni qo’llab-quvvatlaganligini bildirdi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan Mashrabjon Xurboyev, To’lqinoy Tojiyeva, Zohidjon Ashurovlar nomzodlarni juda munosib tanlangan insonlar deya ular boshchiligida yangi tizimda hamjihat ishlashliklarini bildirdilar.

So’zga chiqqan Saidmurod Aminjonov katta ishonch uchun davlat rahbariga minnatdorchilik izhor etdi va bu lavozimda bor kuch, bilim, tajribasini safarbar qilib fidoyilik bilan ishlashga va'da berdi.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev nomzodlarni uzoq yillardan buyon shaxsan tanishini, ular vatanparvar va irodali insonlar ekanini aytib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Saidmurod Aminjonov Farg’ona viloyati hokimi Sh.G’aniyev qarori bilan Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari – mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i etib tayinlandi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

 Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube