Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA KITOBXONLIK TANLOVI
2020-04-17 14:40:48 193
Avval xabar berganimizdek, Farg’ona viloyatida bugungi karantin davrida o’quvchi-yoshlar, ularning ota-onalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitobxonlikka qiziqishini kuchaytirish, ona tiliga mehrini oshirish maqsadida 10 apreldan 10 mayga qadar “Kitobxonlik oyligi” o’tkazilmoqda.
Farg’ona viloyati hokimining joriy yil 8 apreldagi farmoyishi ijrosini ta'minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, oilalarda kitobxonlik muhitini uyg’otish, yoshlarimizni mumtoz adabiyot vakillari ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 13 aprel kuni “Kitobxon yoshlar”, 14 aprel kuni “Kitobxon ota”, 15 aprel kuni “Kitobxon ona” va 16 aprel kuni umumta'lim maktablarining 9, 10 va 11-sinf o’quvchilari o’rtasida “Sen g’ururim, muqaddasim – Ona tilim” mavzusida insholar tanlovlari o’tkazildi.
“Kitobxon yoshlar” tanlovida 300 nafarga yaqin internet foydalanuvchilari onlayn ro’yxatdan o’tib, jahon va o’zbek adabiyotining yorqin durdona asarlaridan tayyorlangan 10 ta savolga 20 daqiqa ichida o’z javoblarini yo’llashdi. Natijalar bo’yicha eng ko’p savolga to’g’ri javob bergan Furqat tumanida yashovchi Ruxshona Rustamova birinchi o’ringa munosib deb topildi.
“Kitobxon ota” tanlovida Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan tayyorlangan 20 ta savolga birinchilardan bo’lib javob yo’llagan Oltiariq tumanida yashovchi Akramjon Azizov g’olib bo’ldi.
“Kitobxon ona” tanlovida 154 nafar ishtirokchi qatnashdi. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari asosida 20 ta savollar tuzildi. Natijalarga ko’ra birinchi o’rinni Farg’ona shahrida yashovchi Surayyo G’ofurova egalladi.
Shuningdek, umumta'lim maktablarining 9, 10 va 11-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan insholar tanlovida ishtirokchilar 50 ball ya'ni mazmuniga 25 ball, savodxonligiga 25 ball bilan baholandilar.
“Ona tili–millat g’ururi” shiori ostida o’tkazilayotgan “Sen g’ururim, muqaddasim – Ona tilim” mavzusidagi insholar tanlovining yakuniy natijalariga ko’ra Farg’ona shahar 41-IDUMning 10 A-sinf o’quvchisi Parizoda Qahramonova 45 ball to’plab, g’olib bo’ldi.
Ko’rik-tanlovlarda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan har bir yo’nalishning sovg’asi tanlov o’tkazilishidan oldin e'lon qilinadi va karantin davri tugagandan so’ng ularga yetkazib beriladi.
Eslatib o’tamiz, “Kitobxon oyligi” doirasida tashkil etiladigan ko’rik-tanlovlar Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e'lon qilinib, to’g’ridan-to’g’ri savol-javoblar tarzida o’tkazilmoqda.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube