Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUNOSABATLARIMIZ YANADA MUSTAHKAMLANADI

×

 2020-06-09 21:43:41    143

PDF yuklash
Chop etish




Bugun 2020 yil 9 iyun kuni Qirg’iziston Respublikasi Botken viloyati rahbariyati tashabbusi bilan uning hududida Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev va Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonovlar boshchiligida chegara qo’shinlari, xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, bojxona boshqarmalarining boshliqlari hamda viloyat prokurorlari, Qirg’iziston Respublikasi hukumati a'zolari ishtirokida amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.



Uchrashuvda ta'kidlandiki, O’zbekiston va Qirg’iziston Respublikalari Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan o’zaro do’stona, strategik hamkorlik kelishuvlari o’z kuchida qoladi va bundan buyon ham unda belgilangan vazifalar ijrosi izchil ravishda amalga oshiriladi.



O’z navbatida Transchegaraviy suv resurslaridan hamda yaylovlardan foydalanishda amaldagi qonunchilik me'yorlaridan tashqari bag’rikenglik va azaliy do’stona munosabatlarga asoslanadi.

Qirg’iziston delegatsiyasi a'zolari ular tomonidan mamlakat hududidan anklav So’x tumani hamda Shohimardon va Yordon qishloqlariga aholining erkin borib-kelishida hech qanday to’siq yoki muammolar bo’lmasligini, bu hududlarga oziq-ovqat, xalq iste'moli va qurilish mollari yetkazuvchi yuk mashinalarining harakati aslo chegaralanmasligini alohida urg’uladilar.

Muzokaralar chog’ida har ikki tomon vakillari yaqinda bo’lib o’tgan So’x tumanidagi ko’ngilsizliklar O’zbekiston va Qirg’iziston, Farg’ona va Botken viloyatlari o’rtasidagi do’stona munosabatlarga aslo putur yetkazmasligini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, tomonlar o’zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham hamfikr ekanliklarini bildirib, bir qator kelishuvlarga erishdilar.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

FacebookTelegramVeb saytYouTube