Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHUHRAT G’ANIYEV: MAQSADIMIZ ODAMLAR BUGUN BAXTLI YASHASHINI TA'MINLASH

×

 2020-08-05 22:15:11    125

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil Farg’ona viloyatida 10140 ta uy qurilib, avvalo kam ta'minlangan, muxtoj, ko’pbolali, oilasida nogironi bo’lgan va umuman muxtojlar ta'minlanadi. Bu raqam avvalgi yilga nisbatan ikki yarim barobar ko’pligi viloyatdagi uy-joy qurilishi ko’lami naqadar kengligidan dalolatdir.

        Farg’onada aholi zich. Shundanmi, har bir qarich yer hisob-kitobli, yoki oltinga teng. Asta sekin uy-joy mavzelari Markaziy Farg’ona cho’llari tomon kirib bormoqda.

Bu yilning o’zida qumloq barxanlar, o’zlashtirilmagan yerlarda 1400 ta yakka tartibdagi har biri olti sotix yerga ega namunali loyiha uylaridan quriladi. Bugungacha foydalanishga topshirilganlarida uy to’ylarini nishonladilar. Oltiariq tumanining Markaziy Farg’ona cho’llaridagi yerlarida ham qurilish ishlari avjida.

- Biz 10 ta yakka tartibdagi uylardan quryapmiz. Mana tom yopish yakunlanyapti, - deydi “Elit qurilish baraka Invest” MChJ rahbari Nurafshon Azimov. – Mustaqillik kunigacha ulardan 5 tasini egalariga topshiramiz.

        Bu uylar hukumat qaroriga ko’ra ipoteka krediti asosida beriladi. Ya'ni oila uyning umumiy narxidan dastlabki o’n foizini to’laydi. Qolgan 90 foizi esa 20 yillik kreditga beriladi.

        Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev cho’l massivida qurilayotgan uylar, quruvchi-mutaxassislar bilan uchrashdi, ular bilan barcha masalalarda suhbatlashdi.

        - Men Rossiyada bir necha yildan buyon quruvchi bo’lib ishlar edim. Qishda uyga, oilam bag’riga qaytdim. Lekin kasallik tarqalishi tufayli yana Rossiyaga qaytib ketolmadim, - deydi Odiljon Mirzajonov. – O’zim pardozlash ishlari bo’yicha yaxshigina mutaxassis edim. Yaqinda mahalla raisi chaqirib senga ish bor, qurilishga borasanmi, dedi. Shu-shu mana endi uylar qurilishida ishlayapman. Oylik ish haqim Rossiyadagidan kam emas. Qolaversa oilam bag’ridaman.

        - Viloyatimizdan 44 ming mehnat muhojiri Rossiyada quruvchi bo’lib ishlagan va pandemiya tufayli qaytib ketolmagan, - deydi Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev. – Biz ularning 39 mingini viloyatdagi qurilish ob'ektlariga ishga joyladik.

        Markaziy Farg’ona cho’llari aslida cho’l deyilsada, inson qo’li, idroki, davlatimiz sa'y-harakati bilan jannatmakon mavzelarga aylanmoqda. Bu yerda gaz, suv, suvoqava (kanalizatsiya) kabi infratuzilmalar mavjud.

- Viloyat elektr tarmoqlari boshqarmasi o’zining ishchi xizmatchilari uchun Markaziy Farg’onada 50 ta yakka tartibdagi 6 sotixli uy-joylar qurilmoqda, - deydi boshqarma boshlig’i Dilshod Jalilov. – Kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda uyning dastlabki 10 foizli to’lovini o’zimiz to’lab boramiz. Qolgan qismiga 20 yillik kredit rasmiylashtiriladi.

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev bu yerda ham quruvchilar va bo’lajak uy egalari bilan uchrashib suhbatlashdi.

Quruvchi va talabgor oilalar vakillarining barcha savollariga javob bergan holda o’rtaga qo’yilgan masalalarga yechim topdi.

- Farg’ona viloyatida uysiz bironta oila qolmaydi. Maqsadimiz Prezidentimiz qo’ygan vazifani bajarib odamlar bugun baxtli yashashini ta'minlash, - dedi Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev Markaziy Farg’ona cho’llarida bo’lgan uchrashuvlari chog’i.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati