Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyalarining

 2017-09-14 10:45:07    373

PDF yuklash
Chop etish


NAMUNAVIY REGLAMENTI

I. Umumiy qoidalar

1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyalarining namunaviy reglamenti (bundan buyon matnda – Namunaviy reglament deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyalari (bundan buyon matnda – Jamoat komissiyalari deb yuritiladi) faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

2. Jamoat komissiyalari bir vaqtning o’zida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlarining (bundan buyon matnda – Jamoat fondlari deb yuritiladi)  vasiylik kengashlari vazifalarini bajaradi, jamoat fondlarining ustuvor yo’nalishlarini shakllantiradi, jamoat fondlari tashkil etilgan taqdirda, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

3. Jamoat komissiyalari o’z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Namunaviy reglamentga muvofiq amalga oshiradi.

II. Jamoat komissiyalarining vakolatlari

4. Jamoat komissiyalari:

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga ko’maklashadi, ularning takliflarini o’rganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yo’nalishlarini aniqlaydi;

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo’llab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablag’larning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlari mablag’larining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yo’nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;

ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o’rtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va o’tkazadi, ular o’rtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga ko’maklashadi;

ijtimoiy sheriklik sohasida ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

o’z faoliyati to’g’risida jamoatchilikni xabardor qiladi.

Jamoat komissiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Jamoat komissiyalari:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga bajarilgan ishlari to’g’risida  har yilgi hisobotni taqdim etishi;

ijtimoiy sheriklik sohasidagi dasturlar va loyihalar bo’yicha majburiyatlarni bajarishi;

ijtimoiy sheriklik doirasidagi faoliyatni amalga oshirish chog’ida fuqarolarning manfaatlarini va ehtiyojlarini hisobga olishi;

ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablag’laridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi shart.

Jamoat komissiyalarining zimmasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

III. Jamoat komissiyalarining tuzilmasi va ularni boshqarish

6. Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o’rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

7. Jamoat komissiyasining raisi:

Jamoat komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

Jamoat komissiyasining ish rejasi loyihasini tayyorlanishini tashkil etadi va Jamoat komissiyasining tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamoat komissiyasi qarorlarini imzolaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

8. Rais o’rinbosari Jamoat komissiyasi raisining yo’qligida uning vazifalarini bajarib turadi, Jamoat komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.

9. Jamoat komissiyasining mas’ul kotibi Jamoat komissiyasi majlislarini tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq vazifalarni amalga oshiradi, Jamoat komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi, shuningdek Jamoat komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.

10. Jamoat komissiyalarining tarkibi tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

11. Jamoat komissiyasining tarkibini o’zgartirish Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi.

Jamoat komissiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tegishincha Jamoat komissiyasining raisini, rais o’rinbosarini, mas’ul kotibini, ayrim a’zolarini muddatidan ilgari vazifasidan ozod etish to’g’risidagi masalani Jamoat komissiyasi a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi talabiga binoan kiritishi mumkin.

12. Jamoat komissiyasining raisi, rais o’rinbosari, mas’ul kotibi va a’zolari o’z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradi.

Jamoat komissiyasi raisining, rais o’rinbosarining, mas’ul kotibining va a’zolarining o’z vazifalarini bajarishi bilan bog’liq xarajatlarining o’rni ularning asosiy ish joyidagi mablag’lar hisobidan qoplanadi.

13. Jamoat komissiyasi qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun ishchi va ekspert guruhlarini tuzishi mumkin. Bu guruhlarning faoliyati Jamoat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiriladi. Yo’nalishlar bo’yicha ishchi va ekspert guruhlarini tuzishda ishga jalb etilayotgan ekspertlarning kasbiy va hayotiy tajribasi hisobga olinadi.

IV. Jamoat komissiyalarining ish tartibi

14. Jamoat komissiyalari faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir.

Jamoat komissiyalarining majlislari, qoida tariqasida, har chorakda kamida ikki marta o’tkaziladi.

15. Jamoat komissiyalarining majlislari rais tashabbusi bilan, u yo’qligida esa – Jamoat komissiyasi raisining o’rinbosari tomonidan  chaqiriladi.

16. Jamoat komissiyasining navbatdan tashqari majlislari rais tashabbusi bilan, shuningdek Jamoat komissiyasi a’zolari yoxud Jamoat fondi Taftish komissiyasi a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining yozma talabiga binoan chaqiriladi.

17. Jamoat komissiyasining mas’ul kotibi Jamoat komissiyasi a’zolarini, qoida tariqasida, Jamoat komissiyasi majlisi kunidan kamida ikki kun avval xabardor qiladi.

Jamoat komissiyasining a’zosi majlisda ishtirok etish imkoniyati bo’lmagan taqdirda Jamoat komissiyasi raisiga bu haqda oldindan xabar qilishi shart.

18. Jamoat komissiyasi majlisining kun tartibiga qo’shiladigan masalalar Jamoat komissiyasining raisi, rais o’rinbosari, mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan, shuningdek Jamoat fondi Ijro etuvchi devoni rahbari tomonidan kiritilishi mumkin.

19. Jamoat komissiyasi majlislari, agar ularda Jamoat komissiyasi a’zolarining kamida yarmi hozir bo’lsa, vakolatlidir.

20. Jamoat komissiyasining majlislari ochiq o’tkaziladi. Zarurat bo’lganda Jamoat komissiyasi yopiq majlis o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.

21. Jamoat komissiyasining majlislarini Jamoat komissiyasi raisi yoki uning o’rinbosari olib boradi.

22. Majlislarga davlat organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Majlisga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilinishida ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlariga bo’ysunishi shart.

Majlisga taklif etiladigan shaxslarning soni va tarkibi Jamoat komissiyasi raisi tomonidan hal qilinadi.

Majlisda raislik qiluvchi Jamoat komissiyasi a’zolariga majlisga taklif etilgan shaxslarning soni va tarkibi to’g’risida axborot beradi.

23. Jamoat komissiyasi majlisida masalalarni ko’rib chiqish va muhokama qilish jarayoni masalani tayyorlash uchun mas’ul bo’lgan  Jamoat komissiyasi a’zolarining ma’ruzalarini va qo’shimcha ma’ruzalarini, shuningdek Jamoat komissiyasi raisi tomonidan masalani tayyorlash uchun  mas’ul sifatida belgilangan boshqa shaxslarning ma’ruzalarini va qo’shimcha ma’ruzalarini eshitish shaklida amalga oshiriladi.

Jamoat komissiyasi majlisida qarorlar uning majlisida ishtirok etayotgan a’zolarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamoat komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo’ladi va muhokama etilayotgan masala bo’yicha «tarafdor», «qarshi» yoki «betaraf» bo’lib ovoz beradi. Jamoat komissiyasi majlisida hozir bo’lgan Jamoat komissiyasining har bir a’zosi muhokama etilayotgan masala bo’yicha ovoz berishda ishtirok etishi shart.

Jamoat komissiyasining ovoz berish vaqtida ishtirok etmagan a’zolari ovoz berish huquqini Jamoat komissiyasining boshqa a’zolariga topshirishi mumkin emas.

24. Jamoat komissiyasining majlisida mas’ul kotib tomonidan majlis bayonnomasi yuritiladi. Bayonnomada:

majlis o’tkazilgan vaqt, sana va joy;

Jamoat komissiyasining hozir bo’lgan va ishtirok etmayotgan a’zolari soni, shuningdek taklif etilgan shaxslarning soni;

majlisda ko’rib chiqilayotgan, muhokama etilayotgan masalalarning mazmun-mohiyati, majlisda ko’rib chiqish uchun kiritilgan har bir masala bo’yicha har bir ma’ruzachining va qo’shimcha ma’ruzachining familiyasi va lavozimi;

qabul qilingan qarorlarning «tarafdor», «qarshi» yoki «betaraf» ovozlar soni qayd etilgan ro’yxati ko’rsatiladi.

Jamoat komissiyasining bayonnomalarini mas’ul kotib imzolaydi, majlisda raislik qilgan rais yoki  rais o’rinbosari tasdiqlaydi.

25. Jamoat komissiyasining qarorlari qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun muddatda Jamoat komissiyasi a’zolariga va Jamoat fondi Ijro etuvchi devoniga yuboriladi.

26. Jamoat komissiyasining qarorlari Jamoat komissiyasining barcha a’zolari va Jamoat fondi Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir.

V. Yakunlovchi qoidalar

27. Jamoat komissiyasi faoliyatining tashkiliy, texnik ta’minotini mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.

28. Jamoat komissiyasi faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi tomonidan ta’minlanadi.

23.62 KB