Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TADBIRKORLARGA YER UChASTKALARI AJRATIB BERILMOQDA
2017-09-21 09:23:43 235
Prezidentimizning “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, Qo’qonda tadbirkorlar tomonidan xorijiy hamkorlar yordamida yangi, istiqbolli loyihalar amalga oshirilyapti. Xususan, kelgusida zonaga xorijiy texnologiya va investititsiyalar jalb etilib, talab yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Boshqacha qilib aytganda, bu erda 10 ga yaqin yo’nalishda mahsulotlar tayyorlanadi.
Ayni paytda viloyat hokimligi va boshqa daxldor idoralar hamkorligida hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlarga er uchastkalari ajratib berish ishlari davom etmoqda. Bu gal viloyatimiz shahar-tumanlarida faoliyat ko’rsatayotgan 11 ta tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga ishni boshlash uchun er maydonlari ajratildi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Shuhrat G’aniev Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Qo’qon erkin iqtisodiy zonasidan er olib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash baxtiga musharraf bo’lgan xususiy sektor sohasi vakillari bilan uchrashdi.
Viloyat rahbari yangi hududda ularning tadbirkorlikni yo’lga qo’yish borasidagi istiqbolli rejalari bilan tanishib, ularni qiynayotgan muammolarga barham berishga e’tiborni qaratdi. Shunisi quvonchliki, bu erda ish yuritadigan tadbirkorlar uchun qator erkinliklar bor. Eng muhimi, loyihalarni tezroq amalga oshirish, qurilish ishlarini tugallash, yangi ishchi o’rinlarini yaratib, aholi bandligini ta’minlash, mahsulot eksportini yo’lga qo’yib, iqtisodiyot taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish kichik biznest sub’ektlarining bugungi asosiy vazifasidir, dedi viloyat rahbari.
“Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan yangi loyihalar bilan tanishish asnosida biz xususiy sektor rivojlanishi uchun keng yo’l ochilayotganligiga guvoh bo’ldik. Hademay, bu erda tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, aholi bandligi ta’minlanadi. Soha vakillari tomonidan trikotaj, farmatsevtika, meva sharbati, gipsokarton, poyabzal, sun’iy teri mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi.
Biz “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasidan er olib, yaxshi niyatda ish boshlayotgan qaysi bir tadbirkor bilan suhbatlashmaylik, ular hududning tashkil etilishi farg’onalik ishbilarmonlar uchun qulay muhitni yaratishini alohida ta’kidladilar.
– Erkin iqtisodiy zonaga a’zo bo’lganimizdan xursandmiz, – deydi tadbirkor Rustamjon Hakimov, – Bu erda “JM Uzbekistan” avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaramiz va yurtimiz taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shamiz.