Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HUQUQIY HUJJATLAR O’RGANILDI

×

 2017-04-12 20:02:28    331

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’onaazot” aktsiyadorlik jamiyati majlislar  zalida Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo’riqlash boshqarmasi 1-alohida militsiya bataloni xodimlari, korxona ishchi-xizmatchilari ishtirok etdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O’zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova Harakatlar strategiyasi haqida ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash va ilg’or tajribalarni tahlil qilgan holda tayyorlangan Harakatlar strategiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha 5 ta ustuvor yo’nalish belgilangan. Shu ma’noda, 328 banddan iborat Harakatlar strategiyasi – mamlakatimizning keyingi besh yilga mo’ljallangan milliy taraqqiyot dasturi deyish mumkin.

Seminarda ichki ishlar organlari faoliyatida muhim huquqiy hujjat sifatida kuchga kirgan “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun haqida ham batafsil tushuncha berildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Sulaymonov soha xodimlarining mazkur qonunda belgilangan huquq va majburiyatlari, ular uchun keng shart-sharoitlarni yaratish, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta’minlash kabi jihatlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Deputat o’z nutqida el-yurtda tinchlik-osoyishtalik hukm surishi, fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi avvalo, ichki ishlar tizimining samarali faoliyatiga bog’liq ekanligini ta’kidladi. 8 bob, 49 moddadan iborat mazkur yangi va yaxlit qonunning qabul qilinishi davlat, jamiyat va shaxs hayotiga bevosita taalluqli o’ta muhim munosabatlarni tartibga solishi bilan ajralib turadi. Ichki ishlar tizimi faoliyatini yanada takomillashtiradi. Ularning boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytiradi, soha xodimlari mas’uliyatini yanada oshiradi.

Seminarda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.