Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Sayyor qabullar: FUQAROLARNING QONUNIY MANFAATLARI HIMOYASI

 2017-12-19 12:06:31    168

PDF yuklash
Chop etish


Joylarda O’zbekiston Respublikasi bank tuzilmalari rahbarlari ishtirokida  o’tkazilgan uchrashuv-suhbatlarda bu muhim masalaga asosiy e’tibor qaratildi.

 Shu yilning 14-15 dekabr kunlari viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida O’zbekiston Respublikasi bank tuzilmalari rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuv-muloqot va sayyor qabullarda fuqarolarning bank tuzilmalari faoliyati bilan bog`liq murojaatlari tinglanib, ularni hal etishda fuqarolar manfaati, xolislik, haqqoniylik, qonuniylik tamoyillariga asoslanildi.

“Bank tuzilmalari faoliyatida korrupstiya va xizmat mavqeini suiiste’mol qilishga qarshi kurash, adolatli jamiyat qurishda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muammolari” mavzusida Qo’shtepa tumani aholisi bilan ochiq muloqotlar “Agrobank” va “Xalq banki” tuman filiallarida  o’tkazildi. Unda “Turonbank” ATB respublika boshqaruvi raisi o’rinbosari Shohruh Shoahmedov ishtirok etib, bank mijozlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolar, bank faoliyati bilan bog`liq masalalardagi muammo va takliflar bilan kelgan aholi vakillarining  murojaatlarini tingladi. Murojaatlar, asosan,  kredit masalasi, bank xizmatlaridagi qulayliklarni oshirishga qaratilgan bo’lib, ularning aksariyati o’z o’rnida ijobiy hal etildi, ayrimlarining echimi bo’yicha qonuniy yo’l-yo’riqlar ko’rsatildi.

Diloramxon Solieva  tumanda “Ra’no Nigora baxti” xususiy firmasini tashkil etib, firma muassisligida “Malham shifo” diagnostika va davolash klinikasini ishga tushirdi. Uning klinika faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan shartnoma asosida zamonaviy tibbiy uskunalar sotib olish uchun kredit so’rab qilgan murojaati qoniqarli hal etildi. Shuningdek, qo’shtepalik Ikromjon Ortiqov, Imarali Bakirov, Rahmatillo Ortiqov, Tojimat Shodiev, Umidjon Jabborov singari tadbirkor va fermerlarning biznes loyihalarini amalga oshirish uchun kerakli kredit  mablag`lari etkazib beriladigan bo’ldi.

AT “Xalq banki”  Quva tumani filialida respublika “Savdogarbank” boshqaruvi raisi Sur’at Mansurov ishtirokida sayyor qabul o’tkazilib, unda 16 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Shu yilning 15 dekabr kuni viloyatimizda “”Milliy bank”, “Ipotekabank”, “Trastbank”, “Turonbank”, “O’zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Asakabank” singari respublika bank tuzilmalarining viloyat filiallarida  banklar boshqaruvi raislari va ularning o’rinbosarlari ishtirokida sayyor qabullar bo’lib o’tdi. 

“Trastbank” xususiy akstionerlik banki Farg`ona filialida  mazkur bankning respublika boshqaruvi raisi  Sardor Normuhammedov ishtirokida bank mijozlari bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Sayyor qabulda bank mijozlarini qiynayotgan muammolar, bu borada echilmay turgan masalalarni hal etish, bank tuzilmalari faoliyatida uchraydigan korrupstiya, ta’magirlik kabi illatlarni bartaraf etish maqsadiga asosiy e’tibor qaratildi. Shuningdek, mijozlarning bank faoliyatini yanada maqbullashtirishga oid taklif va mulohazalari tinglandi.

Farg`ona shahrilik Dilshodjon Nazarov 2009 yildan buyon tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan,  “Vodiy Malika barakasi” xususiy firmasida tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Uning sayyor qabulda  ishlab chiqarish tarmog`ini yanada kengaytirish maqsadida kredit so’rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi.  Toshloq tumanidagi “Xurmo” ko’p tarmoqli xususiy firma hisobchisi Abdulaziz Toshtemirovning bank tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarning qulayligini oshirish, oltiariqlik bank mijozi Feruza Sotijonovaning omonatchilarga zamonaviy qulayliklar yaratishga oid takliflari ma’qullandi, Uchko’prik tumanidagi “Ishonch Med Klinik Servis” MChJ rahbari Farruh Qahhorovning zamonaviy uskuna va jihozlar sotib olish uchun kredit ajratish borasida qilgan murojaati bo’yicha qonuniy yo’l-yo’riqlar berildi.

-Davlatimiz rahbari boshchiligida barcha davlat organlari, tadbirkor va ishbilarmonlar doimiy hamkorlari bo’lgan banklar rahbarlarining fuqarolar bilan o’tkazayotgan muloqotlari, sayyor qabullari barchamiz uchun ayni muddao bo’ldi, -deydi Marg`ilon shahridagi “Golden Valley Metall Product”  MChJ ish yurituvchisi Akramjon Zulfiqorov. – Asosan, keng turdagi profnastil va metall mahsulotlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan firmamizda ilg`or tarmoqlarni yo’lga qo’yib, yangi ish o’rinlari yaratishni, sifatli mahsulotlarimiz bilan ichki bozorni to’la ta’minlash barobarida eksport salohiyatimizni oshirishni niyat qilganmiz.   Ayni shu maqsadda “Trastbank”dan kredit mablag`lari so’rab qilgan murojaatimiz qoniqarli hal etilganidan mamnun bo’ldik va qonuniy manfaatlarimiz davlatimiz tomonidan munosib himoya qilinayotganiga yanada ishonch hosil qildik.

ATIB “Ipotekabank” Farg`ona filialida o’tkazilgan sayyor qabulda mazkur bank boshqaruvi raisining o’rinbosari Mahmudjon Abdurahmonov ishtirok etdi. Har bir fuqaroning bank tuzilmalari faoliyati bilan bog`liq murojaatlari alohida tinglanib, ularda ko’zda tutilgan masalalarga qonuniy echimlar topildi. Bank mijozlari -qo’shtepalik Musajon Sobirov, Farg`ona shahrilik Bahriddin Haydarov, Temendar Osmanov, oltiariqlik Ulug`bek Hamroqulov  singari fuqarolar o’z murojaatlariga qoniqarli javoblar olishdi.

 “O’zsanoatqurilishbank” ATB respublika boshqaruvi raisi o’rinbosari  vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Anvar Ergashev ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv ham fuqarolarning bank va uning adolatli, qonuniy faoliyatiga bo’lgan ishonchini oshirishga xizmat qildi. Ana shunday ochiq muloqot asosidagi sayyor qabullar viloyatimizdagi barcha bank tuzilmalari filiallarida ham  o’tkazildi.

 Dilnavoz QO’LDOSHEVA,

“Farg`ona haqiqati” muxbiri.