Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 421 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Sharaf bo‘lsin sizga, askar onasi!

×

 2018-01-10 17:36:47    142

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi Ofitserlar uyida bo‘lib o‘tgan “Askar onalarini sharaylaymiz!” nomli ehtirom tadbiri ham milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan Vatan posbonlari va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda armiya va xalq birligi mohiyatini ochib berishga xizmat qildi.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, SHarqiy harbiy okrug qo‘mondonligi hamkorlikda tashkil etgan an’anaviy kechada respublikamizning turli hududlarida xizmat burchini ado etayotgan farg‘onalik askar o‘g‘lonlarning onalari sharaflandi.

Viloyatimizning barcha tuman-shaharlaridan taklif etilgan askar onalari ehtirom ramzi bo‘lgan gullar va musiqa sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sayyoraxon Alimova ochib, barchani O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqova, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Topvoldi Xoldorov, SHarqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, podpolkovnik Baxtiyor Pardaev, Farg‘ona davlat universiteti professori Turg‘unoy Egamderdieva va boshqalar dil so‘zlarida ona Vatan va uning tinchligi, sarhadlari daxlsizligini asrash har bir yigit uchun muqaddas burch ekanligi, millat onalari esa chinakam mard va jasur, vatanparvar insonlarni ulg‘aytirish, yurt xizmatiga yo‘llashdek ulug‘ vazifani sharaf bilan ato etayotganlarini faxr bilan tilga olishdi.

Maxfuzaxon Yusupova, Manzuraxon Azimova, SHoiraxon Xodjaeva, Sohibaxon Ahmedova, Ra’noxon Mehmonova, Gulnoza Jo‘raeva, Sharofatxon Muhiddinova singari barcha tuman-shaharlardan tashrif buyurgan askar onalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalari va harbiy orkestr tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur yig‘ilganlar qalbiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA,

“Farg‘ona haqiqati” muxbiri.

Shamsiddin QORABOEV olgan surat.