Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Har bir murojaat e’tiborda

 2018-02-05 14:58:21    212

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumani Xalq qabulxonasi tomonidan 2017 yili murojaatlar bilan ishlashning o‘ziga xos yangi – samimiy va zamonaviy shakli yaratildi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 6 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari muhim dasturilamal bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumani Xalq qabulxonasiga 2017 yili jismoniy va yuridik shaxslardan 2422 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1073 tasi hududiy tashkilotlarga, 281 tasi yuqori tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha yuborilib, 1068 tasi  tuman Xalq qabulxonasida ko‘rib chiqish uchun qoldirilgan. Murojaatlardan 1733 tasi qonuniyligi ta’minlanib qanoatlantirilgan, shundan 778 tasi ijobiy hal qilinib, 907 tasiga huquqiy maslahat berilib hal qilingan,  6 tasi rad etilgan, 679 ta murojaatlar yuzasidan tushuntirish berilgan. Rishton tuman Xalq qabulxonasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining fuqarolar va yuridik shaxslarning belgilangan reja-jadvallar asosida qabul qilish hamda ulardagi muammo va takliflarni eshitib, ijobiy hal etish ishlari muntazam ravishda olib borilyapti.  O‘tgan yili tuman Xalq qabulxonsida 244 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qabullari, shundan tuman hokimi 88 ta qabul davomida 489 nafar, tuman prokurori 65 ta qabul davomida 243 nafar, tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari 70 ta qabul davomida 170 nafar jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilib, shundan 516 ta yoki 55 foiz murojaatlar ijobiy hal qilingan. SHuningdek, Rishton tumani Xalq qabulxonasi tomonidan tuman hokimi, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va mutasaddi idora va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tuman hududidagi chekka mahalla fuqarolar yig‘inlarida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etiladi. 2017 yili o‘tkazilgan 191 ta sayyor qabullar davomida 610 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 497 ta murojaat qanoatlantirilgan. Tuman hokimi tomonidan 40 ta sayyor qabul o‘tkazilib fuqaro va yuridik shaxslardan 176 ta murojaat qabul qilingan. Boshqa idora va tashkilot rahbarlari tomonidan esa 135 ta sayyor qabullar davomida 352 ta murojaatlar qabul qilingan. Sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarni joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rib borilishiga erishildi.