Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Veb-saytida joylashtirish uchun majburiy bo'lgan axborotlar ro'yxati

 2018-03-13 16:27:58    827

PDF yuklash
Chop etish


Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan

asosiy talablar

I. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun majburiy bo'lgan axborotlar ro'yxati

1. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi o'rinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy bo'lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:

a) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funktsiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

b) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlar;

v) oldin davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risidagi ma'lumotlar;

g) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar;

d) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan o'tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig'ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to'g'risidagi ma'lumotlar, kundalik faoliyat to'g'risidagi boshqa axborotlar;

e) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi to'g'risidagi ma'lumotlar;

j) amalga oshirilishida davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to'g'risidagi axborotlar;

z) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko'rsatkichlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

i) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish) bo'yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to'g'risidagi ma'lumotlar;

k) bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi ma'lumotlar;

l) rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko'rsatilishi to'g'risidagi talab;

m) davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to'g'risidagi ma'lumotlar;

n) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo'mitalar va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlar;

o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o'tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko'rsatilgan holda ochiq majlislar o'tkazish rejalari;

p) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma'lumotlar.

2. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali ko'rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro'yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:

a) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlari to'g'risidagi ma'lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma'lumotlar va ular bilan bog'lanish ma'lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari);

b) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi va uning bo'linmalarining (shu jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar, ma'lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo'llari, to'xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to'g'risidagi ma'lumotlar;

v) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari;

g) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to'g'risidagi axborotlar;

d) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to'g'risidagi tahliliy ma'ruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to'g'risidagi tahliliy ma'lumotlar;

e) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;

j) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining statistik axborotlari;

z) Internet tarmog'idagi boshqa tegishli veb-saytlarga va O'zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;

i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);

k) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining matbuot xizmati to'g'risidagi ma'lumotlar (mas'ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to'g'risidagi ma'lumotlar);

l) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari ro'yxati;

m) interaktiv davlat xizmatlarining alohida bo'limi;

n) elektron pochta orqali hamda e'lonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;

o) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining «Elektron hukumat» tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko'rsatiladi, qanday ma'lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to'g'risidagi ma'lumotlar;

p) aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar.

3. Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko'rsatilgan taqdirda yo'l qo'yiladi.

II. Rasmiy veb-saytni yuritishga qo'yiladigan talablar

4. Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo'lishi kerak.

Bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-sayt orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishi mumkin.

5. Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko'rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy veb-saytga normativ-huquqiy hujjat rasman e'lon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay joylashtirilishi kerak.

6. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarning buyrug'i bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas'ul bo'lgan shaxslarni (bo'linmani) belgilaydi.

7. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmog'idagi «.UZ» domen zonasida va O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).

8. Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega bo'lishi mumkin.

9. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi o'zining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo'q qilinishi, to'sib qo'yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo'yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko'rishi kerak.

10. Barcha davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo'lgan asosiy funktsiyalarga quyidagilar tegishlidir:

a) veb-sayt bo'yicha izlash;

b) mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizaynli veb-sayt versiyasi;

v) imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo'shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo'shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo'rligi funktsiyalari va boshqalar);

g) veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (maxfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);

d) fuqarolar murojaatlarining ko'rib borilishi holati va vaqtini hamda interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish holatini kuzatib borish; shu jumladan elektron pochtada bildirishnomalar yuborish;

e) muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqish;

j) jamoatchilik fikrini o'rganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-so'rovlar, bloglar, forumlar);

z) kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari.

11. Davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo'lgan asosiy funktsiyalarga qo'shimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:

a) yerni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari, fuqarolarga ijaraga berish to'g'risidagi axborotlar;

b) dastlabki ko'rib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash bo'yicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning ro'yxati va tarkibi;

v) hokimlarning aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reestri.

12. To'g'ridan-to'g'ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga xizmatlar ko'rsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan davlat unitar korxonalari o'zlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funktsiyalarni nazarda tutishlari kerak:

a) tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to'g'risidagi to'liq va dolzarb ma'lumotlarni qulay shaklda taqdim etish;

b) Internet tarmog'i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to'lash imkoniyati.

13. Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:

a) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, so'rovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini to'ldirish;

b) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa to'lovlarga on-layn haq to'lash;

v) xizmatlar ko'rsatishga so'rovni rasmiylashtirishda (shakllarni to'ldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.

III. Rasmiy veb-saytning tarkibiga qo'yiladigan talablar

14. Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini ta'minlashi kerak.

15. Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo'lishi kerak. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.

16. Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo'ladi.

17. Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan e'lon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo'lmasligi kerak.