Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QURILISH SOHASI XODIMLARI KUNI FARG’ONADA HAM TANTANALAR BILAN O’TDI

×

 2021-08-09 19:06:05    64

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan viloyatimizning Bag’dod tumanida “Nuru-dur” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o’rinbosari Dilshodjon Xodjiahmedov va viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilovlar ishtirok etdi.

So’z olganlar o’tkazilayotgan bayram tadbiri davlatimiz rahbari tomonidan quruvchilarga ko’rsatilayotgan katta e'tibor ekanligini, aynan shu kasb egalari tomonidan joylarda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini ta'kidladilar. Viloyatimizda qurilish sohasini ravnaq toptirishga munosib hissa qo’shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildirilib, ularga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Bayram tadbirida o’zining samarali faoliyati bilan boshqalarga o’rnak va namuna bo’lib kelayotgan bir guruh soha vakillariga viloyat hokimligining tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlari, esdalik sovg’alari topshirildi.

Viloyatimizdagi taniqli san'atkorlar ishtirokida tashkil etilgan kontsert dasturi esa yig’ilganlarga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

 Ma'lumot o’rnida aytish mumkinki, ayni kunlarda Bag’dodda katta qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz e'tirof etgan “Bag’dod tajribasi” sifatida tumanning dasht hududi hisoblangan “Muruvvat” MFYda yangi zamonaviy shaharcha barpo etish ishlari jadal olib borilyapti. Jarayonlarda 3 mingdan ziyod quruvchilar mehnat qilishmoqda.

Bu yerda 1260 ta xonadondan iborat 61 ta ko’p qavatli uy-joylar, umumta'lim maktabi, Madaniyat markazi, maktabgacha ta'lim tashkiloti, yangi MFY binosi, poliklinika, savdo majmuasi, kovorking markazi, sport kompleksi, istirohat bog’i singari ijtimoiy soha ob'ektlari qad rostlamoqda. Ko’p qavatli uylarda qurilish ishlari Mustaqillik bayramiga qadar yakunlanishi ko’zda tutilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube