Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV YAPONIYANING “AOIKAI MEDICAL CORPORATION” KOMPANIYASI PREZIDENTINI QABUL QILDI

×

 2022-10-03 19:47:07    322

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning “AOIKAI Medical Corporation” kompaniyasi prezidenti Takayoshi Shintani, korporatsiya bosh yuristi Naoya Endo, shuningdek, AOIKAIning O’zbekistondagi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida “AOIKAI Medical Corporation” tomonidan Farg’onada hamshiralik ishi yo’nalishi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash maktabini hamda Ekoshahar hududida AOIKAI tibbiyot universitetini tashkil etish, onkologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan “AOIKAI” xalqaro tibbiyot klinikasini ochish, viloyatimizda uzumning urug’siz oliy navlarini yetishtirish kabi loyihalari muhokama qilindi.

“AOIKAI Medical Corporation” 1978 yilda tashkil etilgan bo’lib, 15 ta kompaniya qamrovida 15200 dan ziyod xodimlarni ish bilan ta'minlagan. AOIKAI faoliyatining asosiy yo’nalishi bu yuqori darajadagi tibbiyot xizmatlarini ko’rsatishdan iborat. Hozirgi kunda korporatsiyaga qarashli 130 dan ortiq ijtimoiy ahamiyatga ega muassasalar, jumladan, 32 ta shifoxona, 84 ta qariyalar uyi, 12 ta universitet, kollej, bolalar bog’chasi va boshqa muassasalar mavjud. Kompaniya shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham ko’plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda, turli istiqbolli yo’nalishlarda investitsion faollik qayd etmoqda.

Viloyat hokimi mehmonlarga Farg’ona viloyatining iqtisodiy-investitsion ko’rsatkichlari hamda turli sohalardagi o’ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berdi. So’nggi davrda Farg’ona viloyati bilan Yaponiya o’rtasida aloqalar jadal rivojlanayotganini va qator yapon kompaniyalari viloyatimizda o’z biznesini yo’lga qo’yayotganini qayd etgan viloyat rahbari, “AOIKAI” kompaniyasining loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Uchrashuv kun tartibidagi har bir loyihaning amalga oshirilish istiqbollari haqida alohida muhokama o’tkazildi.

“AOIKAI Medical Corporation” tomonidan Farg’onada tashkil etilishi rejalashtirilgan hamshiralik ishi yunalishi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash maktabida tibbiy bilimlar bilan birga yapon tilini ham o’rgatish yo’lga qo’yiladi. Hozirgi kunda Yaponiyada eng kamida 100 ming nafar kichik tibbiyot xodimlariga talab mavjudligini qayd etgan Takayoshi Shintani, ushbu ta'lim markazi bitiruvchilari Yaponiyada doimiy ish bilan ta'minlanishini bildirdi. Viloyat hokimi dastlabki bosqichda 300 o’rinli bo’lishi ko’zda tutilgan o’quv markazi uchun Farg’ona shahrida bo’sh turgan davlat aktividagi binolardan ijaraga joy ajratilishini ma'lum qildi.

Uchrashuvga qadar Farg’onada 300 gektar hududda barpo etilayotgan yangi Ekoshahar loyihasi bilan joyida tanishgan Takayoshi Shintani shaharchaning istiqbolini juda yuqori baholab, uning hududida AOIKAI tibbiyot universitetini hamda onkologiya klinikasini tashkil etish bo’yicha ish tashkil etish rejasi bilan o’rtoqlashdi.

Farg’ona viloyati uzum yetishtirishda mashhur ekanidan avvaldan yaxshi xabardor bo’lganini aytib o’tgan “AOIKAI” prezidenti, viloyatimizda uzumning Yaponiyaga xos urug’siz oliy navlarini yetishtirishni yo’lga qo’yish borasida o’z rejalarini ma'lum qilib, bu borada Yaponiyadagi uzumchilik biznesi bilan shug’ullanuvchi hamkorlari bilan loyiha ustida ishlayotganliklarini bildirdi.

Muhokama qilingan loyihalarni hayotga tadbiq etish bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etishga kelishildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram