Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JAVPAYADA YANGI O’ZLASHTIRILGAN YERLARDA BARPO ETILGAN O’RIKZORDA ILK KO’CHATLAR KURTAK YOZDI

×

 2023-04-03 15:11:43    75

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan So’x tumanida bo’ldi.

Tumanning Javpaya massivida qo’shimcha o’zlashtirilayotgan yangi yer maydonlarida 510 gektar maydonda intensiv o’rikzor tashkil etish jarayonlarini ko’zdan kechirgan viloyat rahbari, tuman faollari bilan muloqot qildi.

Prezidentimizning foydalanilmayotgan yerlarda irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o’zlashtirish, bu yerlarni yoshlarga bo’lib berish orqali ularni ish bilan, daromad bilan ta'minlash borasida topshiriqlaridan kelib chiqqan holda 2022 yil boshida o’zlashtirishga kirishilgan Javpaya massivida jami qariyb 1000 gektar yer foydalanishga kiritilmoqda. 

Sekundiga 200 litr suv tortish quvvatiga ega 5 ta nasosdan iborat stantsiya yordamida Qalacha arig’idan 426 mm diametrli quvur bilan 5 km tarmoq tortib, 223 metr balandlikka suv chiqarish ishlari yakunlandi. Bu maqsadda jami 21 milliard so’m mablag’ viloyat mahalliy byudjeti hisobidan yo’naltirilgan.Viloyat hokimi Javpaya nasos stantsiyasida bo’lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Stantsiya, ikki-uch kun ichida to’la quvvat bilan ishlashga boshlashi ma'lum qilindi. 

Massivning yuqori qismida tog’lar bag’rida esa o’rik bog’i barpo etish ishlariga kirishildi. Hozirgi kunda birinchi bosqichda 154 gektar yerga o’rik ko’chatlari ekish ishlari davom etmoqda, hovuzlar barpo etilib, tomchilab sug’orish tizimi o’rnatildi. Xorijdan 37 ming tupdan ziyod o’rik ko’chatlari keltirilib, bugungi kunga qadar 56 gektarga ekib yakunlandi. Tashkil etilayotgan yangi o’rikzor, 50 sotixdan lotlarga ajratilib, mahalliy aholiga, ishsiz yoshlarga ajratib berildi. Ekilgan ko’chatlarning dastlabkilari kurtak yozib ulgurdi. Yaqin kunlarda yana 300 gektardan ziyod yer o’zlashtiriladi.

O’rik qatorlari oralariga poliz ekinlari, oshqovoq, dukkakli ekinlar, shuningdek farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida muhim hisoblangan za'faron yetishtirish yo’lga qo’yiladi. Serdaromad hisoblangan za'faron o’simligidan birinchi yil gektariga o’rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm xomashyoning narxi 1000 dollargacha baholanadi. Viloyat rahbari, za'faron tuganak piyozlarini xarid qilish uchun aholiga imtiyozli kredit ham taqdim etilishini ma'lum qildi.

Xayrullo Bozorov hamda viloyatning boshqa rahbarlari yer egasiga aylangan so’xliklar bilan birga ko’chat ekdilar. 

Qur'on tilovat qilinib, davlatimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi, yangi o’zlashtirilgan yerlar hamda tashkil etilayotgan bog’lar serhosil bo’lishi, mehnat qiladiganlarning ro’zg’orlariga baraka kiritishi borasida duoyi xayrlar qilindi. Yaxshi niyatlar bilan, novvos so’yilib, jonliq go’shti tumandagi kam ta'minlangan oilalarga tarqatildi.

Ishlash uchun xorijga bormasdan, o’z uylarida yashab mehnat qilish imkoniyatiga hamda doimiy daromad manbaiga ega bo’lgan so’xliklar, o’zlariga bo’lgan alohida e'tibor uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram