Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA O’ZBEKISTON VA QIRG’IZISTON TALABALARI O’RTASIDA O’TKAZILAYOTGAN “TALABALAR SPARTAKIADASI”NING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

×

 2023-04-25 21:06:21    96

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’qon shahridagi O’rda maydonida O’zbekiston va Qirg’iziston oliy ta'lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 26-27 yanvar kunlari Qirg’iz Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi muzokaralarda ilgari surilgan tashabbusi bilan ilk bor o’tkazilayotgan “Talabalar spartakiadasi”ning ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Qirg’iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining o’rinbosari Aybek Abdimomunov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdilar.

Tadbirda ikki davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va mintaqaviy siyosatdagi ezgu tashabbuslari tufayli azaldan tili va dini bir, an'analari va urf-odatlari mushtarak ikki xalq o’rtasidagi do’stlik va qardoshlik rishtalari kuchayib borayotgani alohida qayd etildi.

O’zaro hamkorlikning har tomonlama rivojida qo’shma madaniy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari ham alohida o’rin tutayotgani ta'kidlandi.

25-27 aprel kunlari bo’lib o’tadigan “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalari O’zbekiston va Qirg’iziston Respublikasining jami 216 nafar sportchi talabalari o’rtasida og’ir atletika, stol tennisi, voleybol, belbog’li kurash, stritbol, mini-futbol, badminton va shaxmat yo’nalishlarida bo’lib o’tadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram