Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GERMANIYA KOMPANIYASI FARG’ONALIK YOSHLARNI KASB-HUNARGA O’QITIB, ISH BILAN TA'MINLASHDA HAMKORLIK QILADI

×

 2023-04-28 13:05:50    87

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov Germaniyaning “GfM Gruppe” kompaniyalar guruhi rahbari Matias Fraylingni qabul qildi.

Uchrashuvda farg’onalik yoshlarni Germaniyada kasb ta'limi olib, tibbiyot, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, hunarmandchilik, logistika va boshqa ko’plab sohalarda yetuk mutaxassis bo’lib yetishish imkoniyatlari bo’yicha fikr almashildi.

Farg’onada ilk bor bo’lib turgan Matias Frayling, Germaniyada hunarmandchilik sohasi bo’yicha ishchi kuchiga talab yuqori ekanligini qayd etib, hamshiralik, mehmonxona, gastronomiya, ayti yo’nalishlari bo’yicha ham mutaxassislarga ehtiyoj katta ekanligini ma'lum qildi. Bunda mutaxassislar oliy ma'lumotli bo’lishlari talab etilmasligi, lekin B1 darajada nemis tilini bilishi kerakligi haqida aytib o’tdi. Shu bois, maktab bitiruvchilari Germaniyaga borib kasb o’rganishi va shu joyda to’g’ridan to’g’ri ishga ham taklif etilishi bildirildi. Mehmonlar barcha kerakli hujjatlar va savollar uchun maxsus dastur ishlab chiqilgani va hududlardagi uchrashuvlar davomida qiziqish bildirganlarga kerakli tushuntirishlar berilishini ham ta'kidladi.

Viloyatdagi kasbga o’rgatuvchi maktablar bilan aloqa o’rnatish bo’yicha ko’mak berilishini qayd etgan Fayzullo Qosimov, nemis tili bo’yicha mutaxassislarga ehtiyoj borligini ta'kidlab, Farg’onada ham “GfM Gruppe” kompaniyasining filialini ochishni taklif qildi. Shuningdek, germaniyalik mutaxassislar tomonidan onlayn tarzda o’quvlar tashkil qilinsa, har tomonlama ko’mak va sharoit yaratilishini aytib o’tdi.

Uchrashuvda ikki tomonning ilgari surilgan takliflari ma'qullanib, kelgusida hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi.

Ma'lumot o’rnida, 1984 yilda tashkil etilgan “GfM Gruppe” mamlakatning turli hududlarida joylashgan kasb-hunar ta'limi muassasalarining keng tarmog’ini tashkil qiladi. 500 dan ortiq malaka modullarini qamrab oladigan ushbu kasb-hunar o’quv markazlarida turli faoliyat sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Xususan, shirkat o’z tarkibida “Sky Academy” (kasb-hunar ta'limi), “HR Arena” (salohiyatli yoshlarni yollash va kadrlar bilan ishlash), “GWP mbH” (ijtimoiy pedagogika), “WORKS GmbH” (chet elliklarning ijtimoiy integratsiyasi) va boshqa ixtisoslashgan muassasalarni birlashtirgan.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram