Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


POLVONLARI KO’P YURT QUDRATLI BO’LUR! – FARG’ONADA O’TKAZILGAN 4 BOSQICHLI KURASH, BELBOG’LI KURASH MUSOBAQALARINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2023-04-28 22:18:28    77

PDF yuklash
Chop etish


Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyi ochiq maydonida Bosh prokuratura, Respublika kurash federatsiyasi, viloyat hokimligi hamda viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida o’tkazilgan 4 bosqichli “Polvonlari ko’p yurt qudratli bo’lur” shiori ostida kurash, belbog’li kurash musobaqalari final bosqichining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirok etib, qariyb ikki hafta davomida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo’lib o’tgan bellashuvlarda g’olib bo’lgan kurashchilarga final bosqichida ham g’ayrat, katta ishtiyoq bilan g’oliblik uchun kurashishda kuch-quvvat va omad tiladi.

“Polvonlari ko’p yurt qudratli bo’lur” shiori ostida kurash va belbog’li kurash bo’yicha viloyatimizning barcha mahallalari o’rtasida 4 bosqichli sport musobaqalari yuqori saviyada o’tkazildi. Bellashuvlarda kurashchilar 6 ta vazn toifasida, belbog’li kurash yo’nalishida qatnashadigan havaskorlar 4 ta vazn toifasida o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazib, 5 ming nafardan ziyod yoshlar kurash va belbog’li kurash bo’yicha g’oliblik uchun o’zaro bellashdilar. Viloyat bosqichiga 14-30 yoshdagi yoshlar o’rtasida turli vaznlarda mahalla, sektor va tuman bosqichlarida ishtirok etib g’olib bo’lgan 190 nafar kurashchilar yetib keldi.

Final bosqichida ishtirok etgan kurashchi yigit-qizlar ham o’z mahoratlarini namoyish etib, g’oliblik uchun katta ishtiyoq bilan gilamga chiqdilar.

Turli vaznlar bo’yicha 1-, 2- va 3-o’rin sohiblariga diplom, medal va esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

Viloyatimiz san'at ustalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi esa barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram