Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK QO’L JANGI BO’YICHA JAHON CHEMPIONLARI TAQDIRLANDILAR

×

 2023-06-21 22:40:00    72

PDF yuklash
Chop etish


16-18 iyun kunlari Qozog’iston poytaxti Astanada bo’lib o’tgan qo’l jangi bo’yicha jahon chempionatida oltin medallarni qo’lga kiritgan farg’onalik G’iyosiddin Jamoliddinov hamda Guljahon Normatovalar Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyi ochiq maydonida tashkil etilgan tadbir doirasida taqdirlandilar.

Viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig’i Nodirbek Hakimov, hamkor tashkilotlar vakillari bilan birga sportchilarga 10 million so’mlik pul mukofoti hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Tadbirda 32 davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirokida bu yil yettinchi bor o’tkazilgan jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi tarkibida bo’lgan 3 nafar farg’onaliklar ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilganligi ta'kidlandi.

53 kg vaznda ishtirok etgan Guljahon Normatova finalda qozog’istonlik Ayan Tursin ustidan ishonchli g’alaba qozongan bo’lsa, 57 kg vaznda gilamga chiqqan G’iyosiddin Jamoliddinov hal qiluvchi bahsda qozog’istonlik Jandos Madekxiyanovni mag’lub etdi. Har ikki sportchimiz ham ikkinchi bor jahon chempioni unvonini qo’lga kiritishdi.

Tadbir davomida viloyatimizda bo’lib o’tgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol yo’nalishi bo’yicha Respublika final bosqichi ishtirokchilari uchun madaniy dastur ham tashkil etildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram